28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 17:19
Salomatlik 👁 3,422

SOFLIGIMIZ MASʼULIYaTI

SOFLIGIMIZ MASʼULIYaTI

Kamharakatlilik va semizlik turli kasalliklarni, birinchi navbatda yurak qon-tomir tizimi kasalliklarini, shuningdek, ichki  kasalliklarni, harakat tayanch va boʻgʻin kasalliklarini oylar, yillar davomida asta-sekin keltirib chiqaradi. Kamharakatlilik va semizlik bir-birlari bilan juda uzviy bogʻlangan boʻlib, bir-birlarini keltirib chiqaraveradi. Kamharakatlikka esa asosan oʻzimiz sababchi boʻlamiz. Atigi bir-ikki chaqirim oraligʻidagi manzilga yetib olish uchun ham taksi chaqiramiz yoki harakatdagi mavjud taksilardan foydalanamiz. Vaholanki, har bir sogʻlom boʻlishni istovchi odam har kuni kamida besh kilometr piyoda yurishi, imkoni boʻlsa ertalab yugurushi kerak. Qadimgi yunon donishmandlaridan biri sogʻlom boʻlay desang yugur, uzoq umr koʻray desang ham yugur, degan ekan.

Yurak qon-tomir tizimi kasalliklari tez koʻpayayotgan va yer yuzida bu kasalliklarning tez koʻpayishi jihatidan birinchi oʻringa chiqayotgan bir davrda oʻz sogʻligimizga oʻzimiz masʼul boʻlishimiz, ayniqsa butun organizmimizning hayot-mamoti hisoblangan yuragimizni avaylab asrashimiz zarur. Kasal boʻlsak shifokor tuzatadi, degan aqidadan voz kechib, oʻzimizni oʻzimiz aldab yupatmasligimiz lozim. Oʻz sogʻligimiz oʻzimizga kerak, oʻz sogʻligimizga oʻzimiz masʼulmiz. Faqat sogʻlom odamlargina shirin orzulariga, ezgu niyatlariga erishadilar va baxtli-saodatli boʻladilar.

Endi boʻlimimiz haqida gapiradigan boʻlsam, boʻlimimiz 35-oʻrinli boʻlib, bemorlar uchun barcha qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Qabulimizga kelgan bemorlarga aniq, toʻgʻri va sifatli tashxis qoʻyishda eng soʻnggi zamonaviy tibbiy asbob uskunalardan: elektro-kardiogramma, ultra tovushli tekshiruv tibbiy asbob uskunalaridan unumli foydalanmoqdamiz. Aniq va sifatli tashxis esa bemorni samarali davolashda juda qoʻl keladi. Bu muhim ishda menga malakali va tajribali kardiolog shifokorlardan Omonboy Qurboniyozov va Muhabbat Yoqubovalar hamda isteʼdodli yosh kardiolog shifokorlardan Shodibek Davletov va Faxriddin Ibodullayevlar yaqindan yordam beradilar, doimo bemorlar orasida boʻlib, ularning dardlariga malham boʻlmoqdalar.

Bizga murojaat qilayotgan bemorlarning koʻpchiligini qon bosimi kasalligiga duchor boʻlganlar tashkil etadi. Hech yashirmasdan gapning ochigʻini aytganda gipertoniya, yaʼni sodda qilib aytganda qon bosimi kasalligi soʻnggi yillarda juda tez, koʻpayayotgan kasalliklar sirasiga kiradi. Hatto yoshlar orasida ham bu kasallikning uchrayotganligi biz shifokorlarni ajablantirmoqda. Bu kasallikning koʻpayishiga ham koʻproq oʻzimiz sababchimiz. Kamharakatlilikdan tashqari sogʻlom turmush tarzi tamoyillari va qoidalariga amal qilmasdan alkogolli ichimliklarga ruju qoʻyib, sigareta va nos chekish kabi zararli illatlarga ilakishib qolayotganlar anchagina. Bunday zararli illatlar har qancha sogʻlom boʻlmaylik baribir bora-bora yurak qon-tomir tizimimizga salbiy taʼsir koʻrsatib, kasalliklarga mubtalo qiladi.

Yana koʻp uchrayotgan kasalliklardan orttirilgan revmatik yurak porogi va tugʻma yurak  porogi kasalliklaridir. Yurak ishemiya kasalliklaridan miokard infarkti, zoʻriqish stenokardiya kasalligi, yurak aritmik kasalligi, infarktdan keyingi kardio skleroz kasalligi ham tez-tez uchrayotgan kasalliklar sirasiga kiradi. Yurak qon-tomir tizimi kasalliklari tarkibiga kiruvchi bu kasalliklar oʻzining oʻta nozikligi, injiqligi va murakkabliklari bilan boshqa kasalliklardan alohida ajralib turadi. Shu bois mazkur kasalliklarga chalingan bemorlar ijtimoiy kundalik hayotida uchrab turadigan qaltis va keskin harakatlardan va stresslardan yiroq boʻlib, shifokorning doimiy diqqat markazida hamda nazoratida boʻlishi  kerak.

Deputatlik faoliyatimga toʻxtaladigan boʻlsam, mening bu boradagi faoliyatim xalqimizning sogʻligini saqlashga, reproduktiv salomatligini mustahkamlashga, ona va bola sogʻligini muhofaza qilishga, sogʻlom avlodni shakllantirishga yoʻnaltirilgan boʻladi, qayerdaki jismonan va maʼnan sogʻlom kishilik jamiyati shakllansa, oʻsha jamiyat gullab yashnaydi, taraqqiy qiladi va obod boʻladi. Sogʻlom avlod shakllantirilib voyaga yetkazilsa, bunday jamiyatning buguni va kelajagi porloq boʻladi.

Ham deputatlik vakolatim, ham tuman tibbiyot birlashmasi topshirigʻi boʻyicha menga "Oq oltin” QVP shifokorlari bilan hamkorlikda ishlab, qishlogʻimiz aholisining sogʻligini yaxshilash, reproduktiv salomatligini mustahkamlash, qolaversa tugʻish yoshidagi ayollar, ayniqsa homilador ayollar va yosh onalar sogʻligini, bolalar sogʻligini muhofaza qilish,  aholining tibbiy savodxonligini, madaniyatini oshirish kabi muhim masalalar, dolzarb vazifalar davlat ahamiyatiga ega boʻlgan umumdavlat, umumxalq masalalari va vazifalaridir. Zero, bu masalalar va vazifalar zamirida bizning bugunimiz va kelajagimiz istiqbolini barpo qilish hamda mustahkamlash masalasi yotibdi.

Ikrom YOʻLDOShEV,

TTB kardiologiya boʻlimi mudiri, xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati.     

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026