Şahnoza Matsapoyeva “Yagonasan, muqaddas Vatan” tanlovining Qoraqalpoğiston bosqiçida ğolib böldi
Biz yaşayotgan zamin – Ona Vatan barçamiz uçun qadrlidir. Unga bölgan bor mehrimiz, sadoqatimiz va muhabbatimiz ezgu işlarda, fidoyiliklarda, körsatilgan jasoratlarda aks etadi. Şu bilan birga gözal va maftunkor yurt qiyofasi jöşqin hislar bilan betakror ijod namunalarida ifodalanadi.
Pespublikamizda anʼanaga aylangan “Yagonasan, muqaddas Vatan” körik-tanlovida ham Vatan tarannumi yangraydi. Körik-tanlovda sanʼatkorlar diyorimizni, uning gözalligini, mehnatkaş xalqimizni, buyuk kelajakni madh etuvçi musiqiy asarlarini taqdim etadilar.
Mustaqillik bayrami arafasida tumanimizda ötkazilgan “Yagonasan, muqaddas Vatan” körik-tanlovida ğoliblikni qölga kiritgan tuman Madaniyat bölimi xodimi, xonanda Şahnoza Matsapoyeva tanlovning Qoraqalpoğiston Pespublikasi bosqiçida iştirok etişga muvaffaq böldi. Tanlovda barça tumanlarda ğolib bölgan isteʼdod egalari bilan birgalikda Şahnoza Matsapoyeva ham yurtni tarannum qilib, öz iqtidorini namoyiş etdi.
Qöşiqning mazmun-mohiyati bilan birga ijroçining sahna madaniyati, odobi va mahorati, qobiliyatiga ham asosiy eʼtibor qaratilgan “Yagonasan, muqaddas Vatan” körik-tanlovining Qoraqalpoğiston Pespublikasi bosqiçida tumanimizdan iştirok etgan xuşovoz xonanda Şahnoza Matsapoyeva 1-öringa loyiq deb topildi. Ğolib Şahnoza Matsapoyevaga körik-tanlovning Toşkent şahrida bölib ötadigan Özbekiston Pespublikasi boçqiçiga yöllanma berildi va diplom, qimmatbaho sovğalar topşirildi.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶