KASALNI YaŞIRIŞ EMAS, DAVOLATIŞ LOZIM
Sil ijtimoiy kasallik bölib, uning kelib çiqiş sabablari turmuş tarzi, tevarak-atrof va boşqa taşqi omillarga boğliq.
Sil davosiz dard emas. Kasallikka çalingan odam buni yaşirib, öziça dorilar qabul qilib, vaqtini ötkazib yurgunça, mutaxassis şifokorga murojaat qilsa, vaqtida töla davolansa, kasallik butunlay tuzalib ketişi mumkin.
Afsuski, bu oddiy qoidaga amal qilmaslik natijasida, har kimning öz bilganiça davolanib, yaşirib yurişi oqibatida kasallikka çalinuvçilar yil sayin köpayib borayapti.
Fikrimni raqamlar asosida ifodalaydigan bölsam, 2016-yilda 98 nafar, 2017-yilda 111 nafar, joriy yilning 1-çoragida esa 33 nafar fuqarolarimizda uşbu kasallik aniqlanib, davolanişga jalb etildi. Albatta bu raqamlar kişini çuqur öylantiradi, taşvişlantiradi. Bundan-da oğirroq savol ham bor: nega odamlar kasalini yaşirib, davolaniş vaqtini ötkazib yuborişayapti? Nega davolanişga befarq qaraşyapti?
Kasalni yaşirsang, isitmasi oşkor qiladi deganlariday, sil kasalligini yaşirib, mutaxassis bölmagan şifokorlardan muolaja olayotganlar soğayiş örniga dardi oğirlaşib qolişini, bundan-da ayançlisi – oila aʼzolariga ham uşbu kasallikni yuqtiriş xavfi yuqori bölişini hamma fuqarolarimiz yaxşi anglaşlarini istar edim.
Davron GULMIRZAYeV, tuman davlat sanitariya-epidemiologiya
nazorati markazi epidemiolog-şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶