HUDUD TOZALIGI JAMOATChILIK NAZORATIDA
Shu yilning 10-iyul kuni “Boy ovul” mahallasida Kamoliddin Behzod va Zamaxshariy nomli koʻchalarda yashovchi fuqarolar ishtirokida yigʻilish boʻlib, unda atrof-muhitni toza saqlash masalasi koʻrib chiqildi.
Yigʻilishda mahalla faollari Zarifboy Madrahimov, Xushroʻy Ollaberganova va mahalla imomi Olim Oʻrozmetovlar soʻzga chiqdilar. Ular shu paytgacha mahallaning ayrim hududlarida tozalikka eʼtibor berilmay kelingani haqida gapirishib, bu boradagi oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Mahalla faoli, otaxon Zarifboy Madrahimov uyma uy kirib xonadon egalarini koʻchaga har xil chiqindilarni tashlamaslik yuzasidan ogohlantirib chiqish, bu ogohlantirishga eʼtibor qilmaganlarni mahalliy aholi oʻrtasida muhokama etish taklifini bildirdi.
Mahalla imomi Olim Oʻrozmetov kichik koʻchalarga bir donadan chiqindi qutilarini oʻrnatish boʻyicha fikr bildirdi.
Yigʻilishda mahallada saranjom-sarishtalikni, hududning toza saqlanishini taʼminlash maqsadida jamoatchilik nazoratini oʻrnatish boʻyicha qaror qabul qilindi.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶