MUAMMOLAR IJOBIY YeChIMINI TOPMOQDA
Tuman prokurori rahbarligidagi 2-sektorga tumandagi Amir Temur nomli, Oʻrta qalʼa, Qilichboy, Xolimbeg va Doʻrman ovullari hamda Arna boʻyi, Bogʻ, Xizr eli, Besh ovul, Tosh qalʼa, Yuqori qishloq, Ayoqchi, Qoramon, Boʻz solma, Doʻstlik, Yangiobod va Farovon mahallalari biriktirilgan.
Mazkur hududlarda uyma-uy yurishlar natijasida, shu paytga qadar jami 536 ta muammo aniqlandi va bu muammolarning 514 tasi hal etildi. Hal etilishi uchun qoʻshimcha muddat va manba talab etiladigan 22 ta muammo «Yoʻl xaritasi»ga kiritildi.
Shu bilan birga, 2-sektor hududidagi 30 tadan ortiq xonadonlarga gaz ballonlari olib berildi. Qilichboy ovuli hududidagi 420 ta xonadonning tomorqa yerlariga oqar suv yetkazib berilishida amaliy yordam koʻrsatildi. Xizr eli mahallasidan oʻtuvchi 470 metrlik ichki yoʻllar taʼmirlandi. Bundan tashqari, 1 ming 330 metr ichki yoʻllarga shagʻal toshlar toʻshalib, taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Amir Temur nomli va Xizr eli mahallalarida eskirgan elektr transformatori hamda avtomatlari yangisiga almashtirilib, bu bilan 120 ta xonadonning elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyoji qondirildi.
Arna boʻyi mahallasida joylashgan 27-sonli maktab oldi tomonidagi piyodalar yoʻlakchasi taʼmirlab berildi. «Mangʻit arna» kanalining Bogʻ mahallasidan oʻtuvchi qismi qaytadan qazildi.
Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini hamda Xizr eli, Tosh qalʼa va Besh ovul mahalla fuqarolar yigʻinlari hududida yashovchi aholining toza ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida tuman Suv tarmoqlari korxonasi tomonidan 2 ming 511 ta xonadonga tashib berish yoʻli bilan suv yetkazish choralari koʻrilmoqda.
Tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi bilan hamkorlikda aholi bilan suhbatlar oʻtkazilib, boʻsh ish oʻrinlariga ishga joylashtirish uchun takliflar berildi. Hududdagi 177 nafar fuqaro mavsumiy hamda doimiy ish bilan taʼminlandi.
Sektor hududidagi jami 36 nafar, shundan 15 nafar katta yoshdagi va 15 nafar voyaga yetmagan nogironlar nogironlik aravachalari, 3 nafari eshitish moslamalari, 7 nafari hassa va 1 nafari qoʻltiqtayoq kabi reabilitatsiya texnik vositalari bilan taʼminlandi.
Hududdagi tadbirkorlik subʼektlarining ham muammolari hal qilinishiga koʻmaklashilmoqda. Xususan, «Yakubboy Ashirov» fermer xoʻjaligiga “Belarus - 82.1” rusumli traktor sotib olish uchun 140 mln. soʻmlik, “Amir Temur chorvadori” agrofirmasiga “Belarus-80-X” rusumli traktor sotib olishi uchun 262 mln. soʻm hamda “Amudaryo maxsus qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qurilish materiallarini ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadlari uchun bankdan 400 mln. soʻmlik kredit ajratilishida amaliy yordam berilib, muammolari hal etildi.
Hududdagi tadbirkorlik subʼektlari ishlari jadallashtirilib, jami 204 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritilishiga erishildi.
Hududda oʻtgan 6 oyda umumiy jinoyatchilik 24 tadan 15 taga kamaydi. 8 ta ovul va mahallalarda birorta jinoyat sodir etilmadi.
Bundan keyin ham sektor aʼzolari tomonidan uyma-uy yurilib, hududdagi aholi bilan uchrashuvlar oʻtkazish davom ettiriladi va mahallalardagi dolzarb muammolarni aniqlab, ularni bevosita joyida bartaraf etish choralari koʻriladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶