16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:59
Jamiyat 👁 966

AHOLINING TURMUSh SIFATI KUN SAYIN YaXShILANMOQDA

AHOLINING TURMUSh SIFATI KUN SAYIN YaXShILANMOQDA

Tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻiga 3-sektor hududi biriktirilgan boʻlib, shtabi Melioratsiya va suv xoʻjaligi kasb-hunar kolleji binosida joylashgan.

Hududda 12 ta mahalla va ovul fuqarolar yigʻini mavjud boʻlib, 8 ming 857 ta xonadonlarda, 51 ming 462 nafar aholi istiqomat qiladi. Aholi ixtiyorida 1 ming 440,3 gektar tomorqa yerlari mavjud. Ayni kunda ular ushbu tomorqa yerlarida turli ekinlardan moʻl hosil olishmoqda.

Hududdagi ovul va mahallalarda jami nafaqa oluvchilar soni 4 ming 998 nafar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar soni 300 ta, yakka-yolgʻiz yashovchilar soni 28 nafar, nogironlar soni 704 nafar, ishsizlar soni 2 ming 204 nafar.

4 ta qishloq oilaviy poliklinikalari, 9 ta militsiya tayanch punktlari, 25 ta maktab va 2 ta kasb-hunar kollejlari, 10 ta maktabgacha taʼlim muassasalari, 418 ta tadbirkorlik subʼektlari faoliyat koʻrsatmoqda.

Sektorda hududni 2018-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash choralarini amalga oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va qishloq xoʻjaligida agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha sektor rahbari boshchiligida ishchi guruhi tuzildi.

Sektorda joriy yilning oʻtgan 6 oyi davomida uyma-uy yurish orqali 640 ta muammo aniqlandi. Aniqlangan muammolardan 140 tasi tegishli tashkilot va muassasalar bilan hamkorlikda joyida hal etilishiga erishildi. Respublika miqyosida yechiladigan 7 ta muammo Xalq deputatlari tuman Kengashining qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”ga kiritildi.

Haftaning chorshanba kunlari reja asosida aholining shikoyat va murojaatlari, takliflarini oʻrganish, aholini qiynayotgan muammolarni joyida hal etish boʻyicha sayyor uchrashuvlar oʻtkazilib kelinmoqda.

Sektorda olib borilgan targʻibot tadbirlari davomida joriy yilning may oyida 6-marta sayyor uchrashuvlar oʻtkazilib, 240 nafar fuqarolar qabul qilindi.

Taʼkidlash joizki, sektorda aholining savodxonligini oshirish maqsadida qishloq xoʻjaligida tomorqa yerlarini ekish, kam taʼminlangan oilalarga tijorat banklari tomonidan toʻrt foizlik kreditlar ajratish tartibi boʻyicha huquqiy maslahatlar berildi.

Sektor rahbari hamda aʼzolari bilan birgalikda 3-sektordagi mahalla va ovullarda yashovchi keksa va nuroniy faxriylarga, kam taʼminlangan, yordamga muhtoj fuqarolarning oilalariga borilib, 82 ta oilaga moddiy yordamlar koʻrsatildi. Tuman boʻyicha Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida davolanish uchun yoʻllanma soʻrab murojaat qilgan 56 nafar fuqaroga davolanish uchun yoʻllanma berilgan.

10 nafar katta yoshdagi nogiron fuqarolarga, 3 nafar nogiron bolalarga nogironlik aravachasi berildi va bundan tashqari, 2 fuqaro qoʻltiq tayoq, 4 fuqaro hassa tayoqlari bilan taʼminlandi.

Oʻrganishlar natijasida 8 ta ehtiyojmand oilalarning uylarini qayta taʼmirlash zarurligi aniqlandi va hozirda taʼmirlash ishlari yakunlanish arafasida.

2018-yil 30-iyun kuniga qadar aholi tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar tahlil qilinganida 146 tasi ishga joylashtirish, 33 tasi gaz bosimi pastligi hamda gaz balloni olish, 40 tasi uy- joy va yer uchastkalari olish, 27 tasi ichimlik suvi muammosi boʻyicha, 419 tasi kredit masalasi boʻyicha, 8 tasi nafaqaga chiqarishda yordam soʻrab, 10 tasi elektr energiyasi masalasida, 2 tasi yoʻl chetiga yoʻlakcha qurish, 51 tasi moddiy yordam soʻrab, 21 tasi ariq qazish va tomorqa yerlariga suv olib kelish boʻyicha, 8 tasi tibbiy yordam koʻrsatish haqida, 2 tasi davolanish uchun yoʻllanma olish boʻyicha, 1 tasi eski maktab binosini qayta rekonstruktsiya qilib, MTM uchun yer ajratish masalasida, 8 tasi nogironlik aravachasi haqida, 1 tasi yoʻl koʻpriklarini taʼmirlash boʻyicha, 10 tasi uyni taʼmirlash masalasida, 5 tasi mineral oʻgʻit masalasida, 9 tasi axlat tozalash ishlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha, 2 tasi tomorqa yerlarining zax bosganligi boʻyicha, 1 tasi mol boqish uchun yaylovga yer ajratib berish masalasi boʻyicha, 1 tasi dehqonchilik, bogʻ uchun yer ajratish boʻyicha, 8 tasi voyaga yetmagan farzandlari uchun yordam puli berish masalasi boʻyicha, 1 tasi elektr hisoblagichini almashtirish boʻyicha, 2 tasi kadastr hujjatlarini toʻgʻrilash boʻyicha, 2 tasi transport yoʻnalishi boʻyicha qilingan boʻlib, ularning hal etilishiga yordam berish soʻralgan.

Hozirgi kundagi mavjud muammolar va ularni bartaraf qilish yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan tashkiliy va amaliy tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, tasdiqlandi va amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblangan yangi ish oʻrinlarini yaratish, kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini ish bilan taʼminlash, ishsiz aholini tadbirkorlikka keng jalb etish masalasiga eʼtibor qaratmoqdamiz.

2018-yilda 3-sektor hududida 957 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish rejalashtirilgan edi.

2018-yilning 1-yanvar holatiga hududda 300 ta kam taʼminlangan oila roʻyxatga olingan boʻlsa, har bir oila bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, oʻz oilalarida qoʻshimcha daromad manbalarini yaratishiga koʻmaklashish orqali 32 ta oilaning turmush darajasi yaxshilandi va kam taʼminlanganlar roʻyxatidan chiqarildi.

Sektor aʼzolarining maqsadi xalqimizning turmushidagi muammolarni, kamchiliklarni aniqlab, bartaraf etish va pirovardida aholi turmushi farovonlashuviga xizmat qilishdir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019