NIKOH – OILA USTUNI
Tuman FHDYo boʻlimi xodimlari va mutaxassislari Konstitutsiyamizga, “Oila kodeksi” tamoyillari hamda qoidalariga, muhtaram Prezidentimizning bu boradagi qator Farmon va qarorlariga, sohaga tegishli boʻlgan boshqada huquqiy- normativ hujjatlarga amal qilgan holda oila manfaatlarini, shuningdek, yangi oila quruvchi yosh yigit-qizlarning baxtu saodatlarini koʻzlab, ularning orzu istaklarini, ezgu niyatlarini inobatga olgan holda ish yuritmoqdalar.
FHDYo boʻlimimizda nikohni qayd etish boʻyicha koʻrsatkichlar oldingi yillardagiga solishtirib koʻrilganda nikohlanuvchilar safi yil sayin kengayib borayotganligiga guvoh boʻlamiz. Masalan, 2017-yilning 6 oyi davomida boʻlimimizda 682 ta nikoh qayd etilgan boʻlsa, 2018-yilning shu davrida bu koʻrsatkich 884 tani tashkil etgan.
Boʻlimimizda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-avgustdagi 365-sonli Qaroriga asosan nikohlanuvchi yoshlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga alohida eʼtibor beriladi. Shu boisdan ham tibbiy koʻrikdan oʻtadigan har bir fuqaroga yoʻllanmalar berilayapti.
Bizning FHDYo boʻlimimizda erta va qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlarning oldini olish yuzasidan ham bir qancha ishlar amalga oshirilayapti. Shu maqsadda tumandagi taʼlim muassasalarida oʻtkazilgan 28 ta tadbirda 1300 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdilar. Ushbu tadbirlarda mutaxassislar tomonidan oʻqilgan maʼruzalar tinglovchi yoshlarda katta qiziqish uygʻotdi.
Biz erta turmush qurish va qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari haqida yoshlarga kengroq tushuntirishga harakat qilayapmiz. Nikoh – bu oila ustuni. Shu boisdan ham oila qurishga shoshma-shosharlik va eʼtiborsizlik bilan qarash mumkin emas.
Yoshlarni oila qurishga tayyorlash – muhim masala. Shu sababli barcha imkoniyatlarimizni ishga solib, ushbu masalaga eʼtiborimizni yanada kuchaytirayapmiz.
Shu oʻrinda yoshlarni oila qurishga tayyorlashda mahallalar faollari, nuroniy otaxonu onaxonlarni ham yanada faol boʻlishga chaqiramiz.
Sanobar XOLBOYeVA,
tuman FHDYo boʻlimi mudirasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶