AZIZIM VATAN!
Özbekiston mustaqilligining 27 yilligiga
Gul atrin taratgan çamanlaringni,
Bağringni töldirgan maʼdanlaringni,
“Onajon!”, - deb turgan zabonlaringni,
“Jonim!” – deb evrilgan sanamlaringni,
Qizğonaman Vatan, şamollardan ham!
“Bir yuz öttiz millat, ön ming mahalla, -
desalar,- yaşaydi şunça ahil-a!”
Öğlonlar maydonda kuraşgan palla,
“Qaydan bu kuç-qudrat, totuvlik?!”, - deya
Hayratdan lol-u lol köngillardan ham!
Markaziy Osiyo aro sayilgoh –
Tinçlik bazmin qurgan muqaddas dargoh.
Dunyo yöllarida porlab turgan moh –
Özbekiston, özing Dengiz, bandargoh!
Xudoyim, asragin, zavollardan ham!
Toğlaring mustahkam kamar belingga,
Har zarra tuproğing samar elingga.
Boqsam, zavqim kelar dalalaringga,
Köz tegmasin qadri buyuk yölingga.
Tilayman, asra yot xayollardan ham!
Kezdim, qadam yetgan qança ellarni,
Tinçlik, deb egilgan qadd-u bellarni.
Körib, yer talaşgan söqir dillarni,
Vatanlari töz-töz soqov tillarni.
Yo Pab! Asra, dedim gung-u lollardan!
Ğanimlar möralar qay puçmoqlardan,
Jaholat burqsigan öt, öçoqlardan.
Fitnalar bolalab yotgan yoqlardan
Vatan, diydoringga taşna “oh!”lardan,
Asragin xudoyim, dallollardan ham!
Köksingga boş qöysam – Onamsan, Vatan,
Salobatli, fozil Otamsan – Vatan.
Azizim, yagonam, jonajonimsan –
Sajdagohim özing, Kaʼbamsan, Vatan!
Yuksal, yana yuksal, ming yillardan ham!
Boqsam, tört tomonga – bazm-u tantana,
Xalqingga oqibat – mangu anʼana.
Eşiklar lang oçiq, qutluğ ostona –
Vatan! Özing bugun zör mehmonxona!
Balki quvvat olding duolardan ham!
Qaddu kamolingdan etib iftixor,
Şukronalar aytdim takror va takror.
Dedim, tinç, osuda, mangu baxtga yor,
Eng aziz, yagona, jonajon diyor –
Vatan! Özing aʼlo, aʼlolardan ham!
Yahudiy yo öris, yo turkiy demay,
Din-u til, eʼtiqod yoki irq demay.
Bir-birin qölidan tutib, kamsitmay,
Bağrini keng oçgan jonim onam-ay –
Özbekiston! Yuksal, hilollardan ham!
Pobiya, madhingga loyiq sözim yöq,
Öz yerim, öz nonim - mangu könglim töq.
Mustaqillik bergan hayotimga körk
Bundayin tökislik bölgan emas! Yöq!
Mulki taxtim uluğ dunyolardan ham!
Pobiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶