OYBEK MAHALLASIDA XUSUSIY BOGʻChA QURILIShI BOShLANDI
Mamlakatimizda yosh avlod tarbiyasida muhim oʻrin tutadigan maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Hududlarda ehtiyojga qarab maktabgacha taʼlim muassasalarini koʻpaytirish uchun davlat-xususiy sheriklik asosidagi xususiy bogʻchalar ham tashkil etilib, aholiga qulaylik yaratilmoqda.
Tumanimizdagi tashkilotchi va tashabbuskor tadbirkor Oybek Eshimbetov Oybek nomli mahallada maktabgacha taʼlim muassasasiga ehtiyoj sezilayotganligi sababli boʻsh turgan yer maydonida xususiy bogʻcha tashkil etishni maqsad qildi. Tijorat bankidan kredit olishga erishgan tadbirkor yaqinda mahalladagi “Bunyodkor” koʻchasida “Xusniya” nomli xususiy bogʻchaning qurilish ishlarini boshlab yuboradi. Qurilishning boshlanishida tumanimizdagi “Yusuf eshon bobo” jomʼe masjidi imomi Abdurahmon Matsafoyev muvaffaqiyat tilab duo qildi.
Ayni paytda jadal olib borilayotgan qurilish ishlari yil oxirida tugatilishi moʻljallanib, “Husniya” xususiy bolalar bogʻchasi yil oxirida ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.
O.XUDOYBERGANOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶