YoShLARIMIZ OMON BOʻLIShSIN!
Mana, ha demay jonajon mamlakatimizning oʻz mustaqilligiga erishganiga 27-yil toʻlayapti. Men har gal shu sana yaqinlashayotgan kunlarda hamyurtlarimning bugungi va kechagi kunlarini koʻz oldimga keltiraman. Shu ikki davrni taqqoslashim natijasida tasavvurimda insonlarning kamsitilgan va qadrlangan hayotlari aks etadi.
Kechagi kunimizda u yoki bu narsalarni olib sotishga qoʻl urgan kishilarni “olib-sotar” deya ayblashib, yuzlariga qora surtishardi. Shu davrda oʻz holicha bir narsalarni ishlab chiqarishga harakat qilgan kishilar esa taʼqib qilinar, faoliyati toʻxtatilar edi.
Bugun-chi? Bugungi kunda mustaqil mamlakatimizda ishbilarmonlar safini kengaytirish, ularning erkin faoliyat yuritishlariga zamin yaratish, shu tufayli odamlarning farovon hayot kechirishlariga toʻla sharoit yaratish davlatimiz siyosatining asosiy maqsadlaridan biri sanaladi.
Ayniqsa yoshlarimiz uchun yaratib berilayotgan sharoitlarni aytmaysizmi? Hozirgi kunda bizning mamlakatimizda yoshlarning taʼlim olishi, mehnat qilishi va yashashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar behisob.
Biz keksalar buguni kunda mustaqil Oʻzbekistonimizning yanada gullab yashnashi yoʻlida fidokorona mehnat qilayotgan yosh yigit-qizlarimizni koʻrib, koʻzimiz quvonadi, ularni duo qilishdan charchamaymiz.
Ayni kunda yoshlarimizga yaratib berilayotgan imkoniyatlarni koʻrib, bexad suyunamiz. Shu bilan birga ularga bunday gʻamxoʻrliklarning qadriga yetishlarini doimo maslahat qilamiz.
Fursatdan foydalanib, men tumanimiz yoshlarini mustaqilligimizning 27 yilligi bilan tabriklayman va ularga hayotlarida, oʻqish va ishlarida katta muvaffaqiyatlar tilayman.
Bizning baxtimizga omon boʻling, aziz yoshlar!
Gulora DOʻSChANOVA, Z.M.Bobur nomli ovul.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶