Mahallalar obod boʻlganda...
Ozodalik sarishtalikka ne yetsin. Qayerda saranjomlik boʻlsa, shu yerda fayz-baraka boʻladi.
Darhaqiqat, bizning “Boʻz solma” mahallamizda ham bir talay ishlar amalga oshirildi. Hamma bir yoqadan bosh chiqarib, mahalla farovonligi uchun oʻz hissalarini qoʻshdilar. Jumladan 70-sonli maktab oʻqituvchilari taʼtilda boʻlishiga qaramasdan maktab ozodaligiga atrofdagi gullarning chiroyiga-chiroy qoʻshdilar. Maktabimiz atrofida QVP “Boʻz solma” MFY maʼmuriy binolari joylashgan “Hashar – elga yarashar” degan shiorni ilgari surib, barcha hamjihatlikda ish olib bordilar.
Maqsadimiz yosh avlodni ajdodlarimizga munosib voris qilib tarbiyalash. Buning uchun eng avvalo mahallalar obodligi, oilalar farovonligini taʼminlash zarur!
Mahalla
Barcha yaxshi niyatlar, mahalladan boshlanar,
Toʻy-yu hasham tantana, mahalladan boshlanar.
Birdamlikka ne yetsin, “kuch birlikda” – deydilar.
Barcha ezgu amallar mahalladan boshlanar.
Falonchining qiziga sovchi boʻlib borsangiz,
Qoʻni-qoʻshni avvalo “aqlli qiz”, – deyishar
Mahalladan qolmang hech, mahalla bilan boʻling,
Bir mayizni qirq boʻlib mahallada yeyishar.
Muhayyo Oʻrinboyeva,
70-sonli maktab oʻqituvchisi. Doʻrman OFY

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶