IBRATLI QAYNONALAR ANIQLANDI
Yaqinda bizning “Arna boʻyi” mahallamizda “Ibratli qaynona” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi. “Biz oilaviy ajrimlarga qarshimiz!” shiori ostida tashkil qilingan tanlovda ishtirokchilar beshta shart boʻyicha oʻzaro bellashdilar.
Hakamlar hayʼatining xulosalariga koʻra, Lyudmila opa Jumanova koʻrik-tanlovning “Eng zukko qaynona” nominatsiyasi boʻyicha, Bibixaticha opa Yoqubova “Eng fidoyi qaynona” nominatsiyasi boʻyicha gʻolib deb topildi.
Mahallamiz fuqarolar yigʻinining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-ahloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassisi Gulposhsha Xidirboyeva tashabbusi bilan oʻtkazilgan ushbu koʻrik-tanlov oʻzbek xalqiga xos boʻlgan milliy urf-odat va anʼanalarni targʻib etishga qaratilgan oʻziga xos tadbir boʻldi, desak aslo yanglishmaymiz.
Biz notinch, doimo urush-janjal, oʻzaro kelishmovchiliklar yuzaga kelayotgan oilalarning mana shunday tadbirlardan toʻgʻri xulosalar chiqarib olishlariga umid qilamiz.
Muyassar BOBOJONOVA, “Arna boʻyi” mahallasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶