QILIChBOY OVULIDA BAYRAM TADBIRI OʻTKAZILDI
24-avgust kuni Amudaryo tumanidagi Qilichboy ovuli markazida joylashgan “Sirojbek” toʻyxonasida Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligiga bagʻishlangan bayram tadbiri oʻtkazildi.
Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini tomonidan tashkil etilgan ushbu bayram tadbirida koʻplab ovul faollari, nuroniy otaxonlaru onaxonlar, ziyolilar va maktab hamda kollej oʻquvchilari ishtirok qildilar.
Bayram tadbirida soʻzga chiqqan kishilar jannatmakon Oʻzbekiston diyorida yashayotganliklaridan cheksiz baxtiyor ekanliklarini, xalq uchun mehribon yurtboshimizning gʻamxoʻrliklaridan, tinchlikparvar siyosatlaridan naqadar minnatdor ekanliklarini izhor etdilar.
Shundan keyin ovul madaniyat uyi sanʼatkorlari, 15-sonli maktab va Amudaryo maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji badiiy havaskorlari hamda 22- va 27-sonli bolalar bogʻchalari tarbiyalanuvchilari oʻzlarining kuy va qoʻshiqlari hamda raqslari bilan bayram tadbiriga fayz kiritdilar.
Qilichboy ovulida oʻtkazilgan bayram tadbiri unda ishtirok etgan kishilar qalblariga xush kayfiyat bagʻishladi.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶