Xitoy Xalq Pespublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Amudaryo tumaniga tashrif buyurdi (+foto, video)
3-oktyabr kuni Xitoy Xalq Pespublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Jiang Yan boshchiligida bir guruh mehmonlar tumanimizga tashrif buyurdi.
Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev boshchiligida mehmonlar dastlab Xitoy Xalq Pespublikasining grant mablagʻi evaziga keltirilgan va Amudaryoga oʻrnatilgan uskuna faoliyati bilan tanishdi.
Aytish kerakki, Oʻzbekiston Pespublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan Xitoy Xalq Pespublikasining kemasozlik kompaniyasi oʻrtasida 2015-yil 28-sentyabrda imzolangan shartnomaga binoan grant mablagʻlari asosida tumanimizga 2 dona zemsnaryad va unga tegishli ehtiyot qismlar keltirilgan edi.
Grant mablagʻlari asosida keltirilgan ushbu suv texnikalari tumanimiz ekin maydonlariga suv yetkazib beruvchi “Shixjamol”, “Chigʻir”, “Yerlan atau”, “Tosh-yop” nasos stantsiyalari joylashgan kanallarni qazish ishlarida muhim ahamiyat kasb etadi va tumanda qishloq xoʻjaligi ekinlarini kafolati suv bilan uzluksiz taʼminlash, yerlarimiz hosildorligini oshirish va fermer xoʻjaliklarining daromadlarini oshirishga xizmat qilmoqda.
Mehmonlar shuningdek, “Amudaryo tex” xorijiy korxonasida ham boʻlishib, korxona tomonidan eksportga chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishdi.








Gʻ.Yeshniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶