“SIZ OFOTOBGA OʻXShAYSIZ, AZIZ MUALLIM!”
1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan 1-sonli umumtaʼlim maktabida “Siz oftobga oʻxshaysiz, aziz muallim” deb nomlangan adabiy-musiqiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda maktab oʻqituvchilari, shu maktabda ishlab nafaqaga chiqqan faxriy oʻqituvchilar, oʻquvchilar, ularning ota-onalari ishtirok etdilar.
Bayram tadbirini maktab direktori Inobat Nurimbetova ochdi va barchani umumxalq bayrami bilan qizgʻin qutladi, taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar, oʻqituvchilik kasbi, oʻqituvchilarga qaratilayotgan eʼtibor xususida gapirdi.
Tabriklardan soʻng maktab oʻquvchilari tayyorlagan musiqiy dastur namoyish etildi.
Ustoz va murabbiylarni ulugʻlovchi, ularga shogirdlar ehtiromini ifoda etuvchi kuy-qoʻshiqlar, sheʼrlar yangradi.
Bayram munosabati bilan tashkillashtirilgan tadbir ustoz-oʻqituvchilarga ham, oʻquvchilarga ham koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.
Gulchehra Qurbonboyeva, shu maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶