MAKTABDA OʻTKAZILGAN YIGʻILIShDA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA ETILDI
Amudaryo tumanidagi 20-sonli umumtaʼlim maktabida yigʻilish oʻtkazilib, unda “Oʻquvchi-yoshlarning qoʻl telefonlari hamda internetdan foydalanish qoidalari, ularning ahloq-odob meʼyorlariga rioya qilishlari toʻgʻrisida”gi va “Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish choralari toʻgʻrisida”gi masalalar muhokama etildi.
Yigʻilish kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan maktab direktori E.Qurbonboyev va ikkinchi masala yuzasidan profilaktika inspektori S.Uteniyazovlar maʼruza qildilar.
Maʼruzalar yuzasidan boʻlgan muzokaralarda maktab oʻqituvchilaridan F.Oʻrozboyev, M.Setdarov va G.Allamberganovalar, ota-onalardan B.Sobirov va R.Jumaniyozovlar soʻzga chiqishib, muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan oʻz fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Yigʻilishda muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Allambergan Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶