Kuyukkoʻpirlik ilgʻor terimchiga velosiped va telefon sovgʻa qilindi
21 oktyar kuni tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi rahbarligidagi 3-sektor hududida – Boʻzyop ovulida faoliyat koʻrsatayotgan “Toʻlqin-Norboy” va “Toʻlqin-Hasan-Temur” fermer xoʻjaliklarida terim boʻyicha musobaqa oʻtkazildi. Musobaqada barcha ovul va mahallalardan 215 nafar terimchilar ishtirok etdilar.
Biri biridan chaqqon terimchilar oʻrtasida tashkil qilingan musobaqalar yakuniga koʻra kuyukkoʻpirlik Shohida Jumamurodova 195 kilogramm paxta terib, gʻolib boʻldi. Unga tashkilotchilar tomonidan velosiped hamda telefon sovgʻa qilindi. Yana bir kuyukkoʻpirlik ilgʻor terimchi Oltinoy Qoʻchqorova esa 183 kg. paxta terib, 2-oʻrin sohibasi boʻldi va u telefon bilan taqdirlandi. Boʻzyoplik Barchinoy Tursunboyeva esa 163 kg. paxta terib, 3-oʻrinni egalladi va unga ham qoʻl telefoni sovgʻa qilindi.
Shuningdek, mavsum boshidan koʻngillilar qatorida paxta terimida ishtirok etib kelayotgan boʻzyoplik oilaviy pudratchilar – 75 yoshli Oʻrozgul momo Yusupovaga changyutgich, 65 yoshli Nozima momo Oʻteshovaga dazmol, mohir terimchi Guljamila Yaxshilikovaga elektr choynak sovgʻa qilindi. Paxta terimida mavsum boshidan buyon faollik koʻrsatib kelayotgan boshqa terimchilarga ham qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.
Terimchilar uchun dala boshida issiq ovqat tashkil etildi. Dala shiyponida terimdan soʻng namoyish etilgan musiqiy dastur barcha paxtakorlarni yanada zavqlantirdi. Ayni paytda ham dalalarda terim qizgʻin surʼatlarda davom ettirilmoqda.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶