Jayxun ilhomlari
Armon
(Ona Vataniga qaytolmagan, 18-19 yoşida şahid ketgan baynalmilalçi quroldoşlarim armoni)
Öz yurtimga kelolmadim men,
Orzularim quçolmadim men.
Onajonim, mehringiz tuyib,
Qonib-qonib içolmadim men.
Yurgan joyim toğ-u toş böldi,
Körganlarim ğam-hasrat böldi.
“Özga yurtda qon keçdim neçun–?”
Degan savol nadomat böldi.
Yaşamoqqa haqqim bor edi,
Öylarimda gözal yor edi.
Onajonim, sizga munosib,
Kelin olmoq ahdim bor edi.
Qattol uruş oldi jonimni,
Hijron yoqdi xonumonimni.
Ön töqqizga kirmay tökildim,
Körmay söldim Onajonimni!
Sovet qurgan zanjir – tuzoqqa
Tuşdim, tutdim özni söroqqa.
Qaytib keldim temur tobutda,
Kindik qonim tomgan tuproqqa!
Onajonim, ey aziz Yurtdoş,
Bugun Vatan qanday serquyoş.
Şu quyoş va tuproq ostida,
Men yotibman tan beruh, bir loş.
Men Vatanga xizmat qilmadim,
Erta ketdim, davron surmadim.
Rozi böling, mendan Vatandoş,
Afsus, mendan bir iz qolmadi.
Mamatsoliy ABDULLAYeV,
tuman Faxriy askarlar uyuşmasi ijtimoiy himoya markazi raisi.
PAXTAKOR QIZLARGA
Çanoqlarda oçilgan rosa,
Oppoq-oppoq löppi paxtalar.
Dalalarda qizlar qöşiği,
Xirmonlarday kökka yuksalar.
Bir-biridan qolişmas aslo,
Etak tutgan terimçi qizlar.
Rizqin bergan Alloh taolo,
Yiğib olar Oybarçin qizlar.
Sanam qizlar, gözal opalar,
Baland bölsin oppoq xirmonlar.
Özbekiston nomini olib,
Dunyo kezib ketsin karvonlar!
Zuhra AHMEDOVA.
Meni eslarsan
Balki meni eslarsan bir kun,
Közda qatra soğinç yoş bilan.
Balki meni eslarsan bir kun,
Xiyonatdan egik boş bilan.
Balki meni eslarsan bir kun,
Yurakda dard, közda ğam bilan.
Puşmonlarning ötida u kun,
Vujudingda yöq bardoş bilan.
Balki meni eslarsan bir kun,
Öğil-qizim yuziga qarab.
Esga olib mevasi durkun,
Boğlarimdan ohista izlab...
Şohsanam ÖROZALIYeVA,
Namuna MFY.
HAYoT OFTOBI
Ona tilim – özbek tilim,
Sen-la yayrar bahri dilim.
Millatimiz yuzi, faxri,
Sevar seni ona xalqim.
Falakda gar hilol bölsa,
Yerda özing yagona.
Biz uçun suyuklisan,
Ona tilim, dunyoda.
Yoruğ etar yölimizni,
Misli hayot oftobi.
Dunyolarga tanilgan,
Özbek tilim kitobi.
Ajdodlarim qoni singgan,
Tilimiz-la suyukmiz.
Navoiyni uluğlagan,
Şu til bilan buyukmiz.
Nodira QOZOQOVA, Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kolleji öquvçisi.
DILDA EHTIROS
Yam-yaşil yaşargan dunyoning yuzi,
Amu suvlarida tuyğular oqar.
Vatanning oftobi qizartib yuzni,
Yurtim, çiroyingga mahliyo boqar.
Şoirona tanholikni istadi köngil,
Falakdan yulduzlar oqar yölimga.
Ajib bir sukunat, borliq esa jim,
Qalamim tutqazar kimdir qölimga.
Mustaqil yurtimda köngildir mulkim,
Tizilib keladi sözlar quyuni.
Tubsiz osmon, poyonsiz moviy olam,
Oçib berar göyo nazm yölini.
Oşno qilar tabiatning bor sehri,
Kimgadir zor, taşna qalbda tuyğular.
Ölkam keçasining bormikan mehri,
Yoniq yuragimni öziga çorlar.
Taşlagan qalamim bugun qölimda,
Orom olmoqdaman, dilda ehtiros.
Oppoq nurlar töşalibdi yölimga,
Şoirligim döstlar, ekanmikan rost?
Xolimbat XUDOYoROV,
Jumurtov şaharçasi.
Ona tilim
Ona tilim mening, qalbim sururi,
Dilimda jöş urgan şirin kalomim.
Xalqimning tengsiz baxt hamda ğururi,
Özing iftixorim, özingsan orim!
Millat közgusisan, millatning ruhi,
Yigirma asrlik tarixga ega.
Sen bilan barhayot moziy şukuhi,
Ona tilim, seni asramay nega?
Asrayman sendagi buyuk ötmişni,
Asrayman, zar misol har bir sözingni.
Şaraflab, qadringni tutaman baland,
Aziz va tabarruk bilib özingni.
Ona tilim mening, yaşa barhayot,
Zavol körma aslo, oftobdek porla.
Senda hikmatlar bor, köp senda bayot,
Qalblarni ezgulik yöliga çorla!
Iroda YeRDOŞEVA,
38-sonli maktabning
11-sinf öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶