Kollejda ota-onalar ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi
22-oktyabr kuni Amudaryo tumanidagi Mangʻit iqtisodiyot kollejida yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning, har xil diniy oqimlarga kirib ketishning, erta turmush qurishning oldini olish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazilib, unda ota-onalar, oʻquvchilar va kollej oʻqituvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirda kollej direktori Z.Atamuratov, tuman maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari M.Safarboyev, tuman ichki ishlar boʻlimi xodimi P.Abitov va kollej direktorining maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Ya.Axmedovlar soʻzga chiqishib, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish uchun ularning ota-onalari bilan aloqani mustahkamlash, oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ularni turli toʻgaraklarga jalb etish zarurligi haqida gapirdilar.
Shundan keyin yigʻilishda ishtirok etayotgan ota-onalar ham soʻzga chiqishib, muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan oʻz fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Yigʻilishda muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶