GIYoHVANDLIK VA NARKOTIK MODDALAR BILAN BOGʻLIQ JINOYaTLAR OQIBATIDAN YoShLAR OGOH ETILDI


Shu yilning 7-noyabrida 3-sonli Amudaryo akademik litseyida yoshlar oʻrtasida giyohvandlik va narkotik moddalar bilan bogʻliq jinoyatlarning sodir etilishining oldini olishga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Tadbirni tuman hokimining oʻrinbosari A.Yoʻldoshev boshqarib bordi.
Yigʻilish kun tartibidagi mavzu yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi kotibiyati mudiri T.Gʻaniyev, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi mutaxassislari B.Roʻzmurodov, M.Uteniyozovlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jinoyat qidiruv boshqarmasi boʻlim boshligʻi P.Shamshetov, Respublika narkologiya dispanseri bosh shifokori R.Turumbetovlar maʼruza qildilar, giyohvandlik moddalar isteʼmol qilish oqibatida yoshlarning jinoyat koʻchasiga kirib qolayotganligi, sogʻligidan ayrilib, umrini xazon qilayotganliklarini batafsil tushuntirib, yoshlarni ana shunday boshi berk koʻchaga kirib qolishdan ogoh boʻlishga chaqirdilar. Chunki hech kim giyohvand boʻlib tugʻilmaydi, balki, insonlar umrini zaharlayotgan ogʻufurushlar yoshlarni ustamonlik bilan oʻz tuzoqlariga ilintiradilar.
Yigʻilishda bu borada atroflicha soʻz yuritildi, yoshlarning ham fikrlari tinglandi.
Shuningdek, kelgusida ham muassasa oʻquvchilari orasida shu mavzuda suhbatlar, rasmlar koʻrik-tanlovi oʻtkazib turish tavsiya qilindi.
Giyohvandlik moddalarni isteʼmol qilishning, uning taʼsirida jinoyatlar sodir etilishining oldini olishga bagʻishlangan yigʻilish oʻquvchilarda chuqur taassurotlar qoldirdi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶