“Obod qishloq”larda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrilmoqda
Prezidentimizning “Obod qishloq toʻgʻrisida” gi Qaroriga asosan tumandagi Nazarxon ovuli hududida yashovchi aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush tarzi va darajasida sezilarli ijobiy oʻzgarishlarni taʼminlash, qishloqning qiyofasini zamonaviylashtirish va shu yerlik aholi uchun ish oʻrinlarini yaratishga qaratilgan “Obod qishloq” Dasturiga koʻra “Qoraqalpogʻistongaz” filiali Beruniy tumanlararo gaz taʼminoti uchastkasi Amudaryo hududi tomonidan ham bir qancha ishlar bajarildi. Ovul aholisiga va ulgurji isteʼmolchilarga tabiiy gaz yetkazib berayotgan “Berdax” AGRS iga ulangan, hududning boshlanish qismidan tortilgan, belgilangan uzunlikdagi oʻrta bosim gaz tarmogʻi koʻzdan kechirilib, zarur boʻlgan yangi ehtiyot qismlar oʻrnatildi. Hududning markazidagi oʻrta bosim gaz quvurlari trotuar oʻrnida turganligi sababli demontaj qilindi. Quvurlar taʼmir ustunlarga oʻrnatildi va 5,5 km. gacha boʻyoq qilindi. Ovulga tabiiy gaz yetkazib berayotgan 15 ta gaz taqsimlash punktlari profilaktik koʻrikdan oʻtkazilib, montaj qilindi. Shuningdek, ovuldagi muntazam suyultirilgan gaz bilan taʼminlanib kelinayotgan, suyultirilgan gazga moslashtirilgan 231 xonadonga 231 dona yangi maishiy gaz balloni tarqatildi.
“Obod qishloq” Dasturiga kiritilgan Qipchoq shaharchasi esa tabiiy gaz yetkazib berish imkoniyati boʻlmaganligi sababli tarmoqdan ajratilgan. Hududdagi 674 metr boʻlgan yer osti gaz tarmoqlari ekskovator yordamida qazib olinib, demontaj qilindi. Yer yuzida joylashgan 430 metr gaz tarmoqlari ham taʼmirlandi. Qipchoq shaharchasidagi 2- sonli va 20- sonli maktabgacha taʼlim muassasalari maishiy gaz ballon bilan taʼminlandi. Muassasalarga suyultirilgan gaz muntazam yetkazib berilmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶