“Taraqqiyot koʻzgusi” va “Mening oilam” gazetalariga nima uchun obuna boʻlish kerak?
Zamon shiddat bilan rivojlanmoqda, dunyoning u cheti bilan bu cheti bir qadam, xabarlar oqimi nihoyatda tezkor. Oniy lahzalarda, ostonangizdan hatlab, qoʻshningizning uyiga kirmasingizdanoq dunyoning olis bir mamlakatida roʻy bergan yo noxush, yo xush xabardan ogoh boʻlasiz. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining qudrati bu! Uyda kompyuter yoki televizor orqali, yoʻlda, ishda, jamoat orasida mobil aloqa vositasi – qoʻl telefoningiz orqali dunyo xabarlari videolavhalarda koʻz oldingizda namoyon boʻladi. Bu – yaxshi! Lekin...
Zamonning bu tezkor va qulay xizmat turini inkor etayotganimiz yoʻq. Aslo! Barchamiz uchun tengsiz qulaylik yaratayotgan internet tarmoqlari orqali eʼlon qilinayotgan turli mavzulardagi sizni qiziqtirgan maqolalar sizning maʼnaviy ehtiyojingizni qondira oladimi? Yoki ushbu maqolalar matnlarini bosma nashrlarda yoritilgani kabi shaxsiy arxivingizda saqlashga qodirmisiz? Gap mana shunda!
Agar eslaringizda boʻlsa, oʻtgan asrning 1950-1960-yillarida xalqimiz hayotiga televideniye kirib kelib, telekoʻrsatuvlar va undan avvalroq uzluksiz radio eshittirishlar salmogʻi oshgan bir paytda koʻpchilik: “Endi hech kim gazeta-jurnal oʻqimaydi, bosma nashrlar oʻz ahamiyatini yoʻqotadi, gazeta oʻladi”, – qabilidagi fikrlarni bildirishgan edi. Lekin zamon taraqqiyoti ham, xalqimizning maʼnaviy ehtiyoji ham, nazarimizda yuqoridagi fikrni rad etdi. Padio va televideniye oʻz yoʻliga, bosma nashrlar – gazeta oʻz yoʻliga rivojlandi. Xalq: “televizor koʻrayapman, radio tinglayapman, gazeta oʻqimayman”, – demadi. Aksincha, har bir xonadonning tonggi pochta qutilari dastadasta gazetalarga toʻldi. Demak, zamon qay darajada shiddat bilan rivojlanmasin, xalqimizga gazeta kerak! Chunki gazeta – xalq hayotining, xalq, millat tarixining yorqin koʻzgusi, xalq, millat tarixining ijodkori! Ayniqsa, hududiy – tuman gazetasi!
2018-yilda “Taraqqiyot koʻzgusi” nomi bilan yurtdoshlarimizning koʻnglidan joy olgan tuman gazetasining ilk soni yorugʻlikka chiqqaniga 84-yil toʻldi. 1934-yildan beri zamon taraqqiyotiga mutanosib ravishda turli nomlar bilan chop etilgan gazeta XXI asrga kelib haqiqiy taraqqiyotga yuz tutdi. Bugungi kunda internet tarmogʻida oʻz veb-saytiga, “Mening oilam” ilova nashriga, tahririyat qoshidagi “Jayxun-sadosi” internet radiosiga ega boʻlgan gazeta yillar davomida xalqning oʻz gazetasiga aylana oldi. Demak, aziz amudaryoliklar uchun oʻz gazetasi – maʼnaviy-maʼrifiy suhbatdoshi – “Taraqqiyot koʻzgusi” har kuni kerak!
Gazeta tahririyatiga har kuni oʻnlab, balki undan ham koʻproq oʻquvchi-yoshlar kelishadi. Ular shunchaki kelishmaydi, balki oʻz quvonch va orzularini tumanimiz yoshlari bilan birga baham koʻrish maqsadida sheʼrlar, maqolalarini taqdim qiladilar. Gazetaning yangi sonlarini quvonch bilan varaqlaydilar. Demak, tumanimiz yoshlari uchun ham gazeta kerak!
Oilalar davralarida ota-onalar va farzandlar jamligida qoʻlma-qoʻl oʻqilayotgan “Taraqqiyot koʻzgusi” va uning ilova nashri “Mening oilam” gazetasi obunachilari soni amalda 5-6 mingdan ortiq, lekin bu gazetalarning 15-20 ming nafardan ziyod mushtariylari borligini hisobga olsak (chunki har bir oilada kamida 5-7, hatto 8-10 nafar odam gazeta oʻqiydi!) gazeta har bir amudaryolik uchun kerak!
Gazeta – xalqning haq soʻzini soʻzlaguvchi minbari. Unda tumanimiz xalqining ovozi, oʻz soʻzi jaranglab, haqiqiy hayot tarzi namoyon boʻlib turishi uchun, gazeta har bir xonadonga kirib borishi uchun tahririyat ijodiy jamoasi kamarbasta. Xalq bilan tahririyat ijodiy jamoasini bogʻlab turuvchi mustahkam rishta esa bu – obuna!
Azizlar, ana shu rishta ila tahririyat bilan bogʻlansangiz, juda koʻp masalalarda yutasiz-u yutqazmaysiz.
Koʻrdingizmi, azizlar, gazeta obunasi xalqimiz uchun nimaga kerak?!
Javob ham tayyor:
– Tuman gazetasi tumanimiz hayotining koʻzgusi boʻlgani uchun, tarixiy, maʼnaviy-maʼrifiy suhbatdosh, beminnat targʻibot va tashviqot dorilfunun vazifasini oʻtagani, bundan ham muhimi, millatlararo doʻstlik va hamjihatlikning chinakkam fidoyisi boʻlgani uchun ham unga obuna boʻlish kerak, azizlar!
Istagimiz va tilagimiz shuki, 2019-yilda har biringizning xonadoningizga “Taraqqiyot koʻzgusi” yuksak maʼnaviyat nurlari ila kirib borishi uchun hozirdanoq obuna boʻlishga shoshiling. Gazeta ijodkorlari bilan mustahkam aloqa oʻrnatib, oʻz gazetangizning 2019-yilgi sonlarida yoritiladigan mavzular boʻyicha fikr bildiring. Xalq fikri bu – xalq hayotining yangi qirralarini kashf etish imkonidir. Ana shu imkoniyat eshigi Siz uchun hamisha ochiq.
Pobiya YOʻLDOShEVA, gazetaning maxsus muxbiri:

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶