29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 21:28
Siyosat 👁 2,673

ISLOHOTLARIMIZ TAMAL TOShI

ISLOHOTLARIMIZ TAMAL TOShI

Prezidentimiz Islom Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi maʼruzasida alohida eʼtirof qilganidek, mamlakatimizning mustaqil taraqqiyot yillarida erishgan barcha yutuq va marralari, uning ulkan surʼatlar bilan oʻsishi, avvalo Konstitutsiyamizning hayotbaxsh qudrati va salohiyatini, unda mujassam boʻlgan printsiplar, qoida va normalarning naqadar chuqur oʻylangan, har tomonlama mustahkam asosga ega ekanini yaqqol namoyon etadi.

Konstitutsiyamiz insonparvar huquqiy davlat barpo etish, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari oliy qadriyat hisoblanadigan fuqarolik jamiyatini barpo etish, erkin bozor munosabatlarini shakllantirishning eng muhim qoidalarini oʻzidamujassamlashtirib, jamiyatimiz hayotining asosiy huquqiy poydevori boʻlib xizmat qilmoqda.

Konstitutsiyamiz davlat, xalq irodasini ifoda qilishini, uning manfaatlariga xizmat qilishini, davlat hokimiyatining birdan-bir manbai Oʻzbekiston xalqi ekanligini belgilab berdi.

Shuningdek, inson huquqlarining davlat manfaatlaridan, umum-eʼtirof etilgan xalqaro huquq normalarining esa milliy huquqiy normalardan ustunligi ham Konstitutsiyamizda muhrlab qoʻyildi.

Asosiy Qonunimizda hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida oʻrnatilishi mumkin emasligi va ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanishi belgilab berildi. Ayni paytda barcha mulk shakllarining teng huquqliligi sharoitida xususiy mulkning boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekanligi mustahkamlab qoʻyildi.

Keyingi yillarda davlat hokimiyati tizimi organlari faoliyatini takomillashtirish borasida olib borilayotgan chuqur islohotlar natijasida Konstitutsiyamizga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish zaruriyati vujudga keldi. Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari tizimi va faoliyatining doimo takomillashtirib borilishi davlatimiz siyosatidagi asosiy ustuvor yoʻnalishlardan biri boʻlib qolmoqda. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va demokratlashtirish, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish borasida ijtimiy-siyosiy islohotlarni qatʼiy amalga oshirish hamda davlat boshqaruv organlari faoliyatida ular oʻrtasidagi oʻzaro tenglik va muvozanatni saqlash va tartibga solish muhim ahamiyat kasb etadi.

Boshqa mamlakatlarda boʻlgani kabi Oʻzbekiston Respublikasida ham ijtimoiy hayot talablari davlat va jamiyat oʻrtasidagi munosabatlarning yangi demokratik koʻrinishlarini yuzaga keltirmoqda, jumladan davlat va jamiyat aʼzolarining oʻzaro munosabatlarida demokratik davlat talablaridan kelib chiqib, huquqiy islohotlarni izchillik bilan rivojlantirish tobora muhim oʻrin egallamoqda.

"Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga (89-moddasiga, 93-moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga) tuzatishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni bu fikrning amaliy tasdigʻi boʻlishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan ushbu tuzatishlar:

birinchidan, davlat boshqaruvini yanada demokratlashtirish, yaʼni boshqaruvning xalqchilligini taʼminlash;

ikkinchidan, davlat organlarining oʻz vakolatlarini amalga oshirishdagi roli va masʼuliyatini oshirish, davlat organlari faoliyatida qonun ustuvorligini va ularning xalq oldidagi masʼuliyatini oshirish hamda taʼminlash;

uchinchidan, mamlakatni yangilash va modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning taʼsirini kuchaytirish, bu siyosiy partiyalarni barcha sohalarda amalga oshirilayotgan yangilanish jarayonlari va islohotlarga siyosiy jarayonlarning ajralmas ishtirokchisi sifatida keng jalb qilish imkonini beradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 34-moddasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga ega ekanini eʼtirof etish bilan birga, siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifat shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emasligi belgilab qoʻyilgan. Asosiy Qonunning 12-moddasida Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanishi hamda hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida oʻrnatilishi mumkin emasligi toʻgʻrisidagi Konstitutsiyaviy printsip oʻz ifodasini topgan. Qisqa qilib aytadigan boʻlsak, mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi mamlakatimiz taraqqiyoti, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlarning tamal toshi boʻldi.


Sh.RAJABOVA,

"Rajabova Shukurjon” advokatlik byurosi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026