“ENGLISH SPEAKING STUDENTS” KLUBI OʻQUVChILARGA ChET TILINI MUKAMMAL OʻRGATADI
Maʼlumki, tafakkurning ifodasi, xalqlar oʻrtasidagi aloqa, maʼnaviy va boshqa muloqotlar til orqali namoyon boʻladi.
Bugungi kunda yuqori kasbiy malakaning asosiy talablaridan biri chet tillardan birini mukammal bilishdir. Xalqaro muloqot tillari orasida yetakchi oʻrinni egallab kelayotgan ingliz tilini oʻrganishga alohida eʼtibor berilayotgani ham bejiz emas.
ingliz tilini puxta oʻzlashtirishlarini taʼminlash maqsadida Mangʻit iqtisodiyot kollejida “English speaking students” klubi tashkil etilgan. Klubning maqsadi - oʻquvchilarning ingliz tilidagi ogʻzaki nutqini rivojlantirib, ingliz tilini mukammal oʻrganishda ijobiy natijalarga erishish imkoniyatini yaratishdan iborat. Klub mashgʻulotlarida oʻquvchilarga belgilangan mavzu mohiyatidan kelib chiqib, kompyuter vositasida taʼlimiy til oʻrganish boʻyicha tuzilgan turli kompozitsiyalar yozib koʻrsatiladi hamda ularning mazmunini soʻzlab berish taklif etiladi yoki oldindan ajratib olingan rasmlar yordamida maʼlum vaziyatni yaratish, soʻngra oʻsha voqeani soʻzlab berish vazifasi qoʻyiladi. Hosil qilingan yangi til koʻnikmalarini mustahkamlash maqsadida turli xildagi harakatli oʻyinlar tashkil qilinadi. Oʻyinlardan foydalanish jarayonida shu narsa koʻrinadiki, oʻquvchilarning oʻyinda gʻalaba qozonish ishtiyoqi ularni til birliklarini faol qoʻllashga majbur qiladi va ular oʻzlari bilib-bilmay ingliz tilini chuqurroq oʻrganib boradi. Klub mashgʻulotlari haftada bir marta, shanba kuni tashkil etiladi. Mashgʻulotlar davomida klub yetakchisi tomonidan oʻquvchilarning bilimi muntazam ravishda baholab boriladi.
Klub aʼzolari toʻrtta kichik guruhlarga ajratilgan va ular mashgʻulotlar davomida qoʻyilgan shart va vazifalarni bajarish jarayonida oʻz guruhlarida birlashadilar. Mashgʻulot yakunida eng koʻp ball toʻplagan guruhlar eʼlon qilinadi.
faol oʻquvchilaridan Nodira Yoʻldosheva va Mohira Kamolova klub mashgʻulotlarini tashkil qilish, yangi oʻyinlar va tarqatma materiallar tayyorlashda tengdoshlariga namuna. Ular klubning tashkil etilishi haqidagi ilk gʻoyalarning mualliflari ham hisoblanishadi. Klubimiz oʻz koʻkrak nishoniga ham ega. Kollejda oʻtkaziladigan turli tadbirlarda klubimiz aʼzolari oʻzlarining ingliz tilidagi chiqishlari bilan ishtirok etadilar. Zebiniso Davlatboyeva, Temur Bahodirov, Iroda Yoʻldosheva, Sarvinoz Bozorboyeva va boshqa koʻpgina oʻquvchilarni kollejimizda klubning faol aʼzolari sifatida tanishadi. Oʻtgan oylar davomida yigʻilgan ballar natijasida Ozoda Abdullayeva, Asadbek Sultonov, Dinora Jumaboyeva, Javohir Allaberganov, Sardor Oʻrozboyev va Abbos Karimovlar guruh hisobida eng yuqori ball toʻplashdi. Oʻquvchilarning ingliz tiliga qiziqishlari ortib borayotgani klub mashgʻulotlarida ishtirokidan ham yaqqol koʻrinadi.
Klubimizning navbatdagi mashgʻuloti 18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kunga bagʻishlandi. Unda oʻquvchilar milliy bayrogʻimiz haqidagi maʼlumotlarni ingliz tilida bayon qilishdi. Mavzu yuzasidan oʻyinlar tashkil qilindi, shuningdek, bahs-munozaralar uyushtirildi.
Taʼlim tizimida katta imkoniyatlar yaratilayotgan bir vaqtda Ingliz tili oʻqituvchilaridan ijodkorlik, yaratuvchanlik va faollik talab qilinadi. Shuni unutmaslik kerakki, bugungi oʻquvchi-yoshlar – ertangi kunimizning egalari, jamiyatning taraqqiyot kuchlaridir. Ularning zamon talablariga mos taʼlim-tarbiya olishlari uchun imkoniyatlar yaratish biz pedagoglarning masʼuliyatli vazifamizdir.
Sayyora Ibodullayeva,
Mangʻit Iqtisodiyot kolleji ingliz tili fani oʻqituvchisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶