KORPORATIV NIZO NIMA?
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual Kodeksining 30-moddasiga koʻra:
- yuridik shaxsni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish bilan bogʻliq, yuridik shaxs ishtirokchilarining (muassislarining, aʼzolarining) yuridik shaxs tomonidan tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish va (yoki) bunday bitimlarning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash haqidagi daʼvolari boʻyicha, qimmatli qogʻozlar emissiyasi bilan, shu jumladan, emitentning boshqaruv organlari qarorlari yuzasidan nizolashish bilan, emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni joylashtirish jarayonida tuzilgan bitimlar, emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish natijalari boʻyicha hisobotlar (xabarnomalar) yuzasidan nizolashish bilan bogʻliq, qimmatli qogʻozlarni nominal saqlovchilarning aktsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarini hisobga olish, qonunda nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlarni qimmatli qogʻozlarni joylashtirish va ularning muomalasi munosabati bilan qimmatli qogʻozlarning nominal saqlovchilari tomonidan amalga oshirish bilan bogʻliq faoliyatidan kelib chiqadigan, yuridik shaxs ishtirokchilarining umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisidagi, yuridik shaxs boshqaruv organlarining qarorlari ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi nizolar kiradi.
Qonunga muvofiq korporativ nizolar boʻyicha ishlar jumlasiga boshqa nizolar ham kiritilishi mumkin.
Oʻtkir SOBIROV, tuman Iqtisodiy sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶