“Turmushda gazdan xavfsiz foydalanish” oyligi noxushliklarning oldini olish maqsadida oʻtkazilmoqda
Yongʻin – katta talofat yetkazuvchi xavfli hodisalardan biridir. Eʼtiborsizlik va ehtiyotsizlik oqibatida sodir boʻladigan bu ofat insonlarga moddiy zarar bilan birga jiddiy jarohat yetkazib, hayotini xavf ostida qoldiradi.
Issiqlik taʼminotiga koʻp ehtiyoj seziladigan ayni mavsumda aholi tabiiy gaz, koʻmir, elektr pechkalaridan muntazam foydalanadi. Bu esa ishlatish jarayonida xavfsizlik qoidalariga yanada eʼtiborliroq boʻlishni talab etsa-da, ehtiyotsizlik natijasida noxush holatlar sodir boʻlishi koʻplab uchraydi. Mana shunday baxtsiz hodisalar va zararli oqibatlarning oldini olish maqsadida Pespublikamiz hududida 20-oktyabrdan 20-yanvarga qadar boʻlgan davr oraligʻi “Turmushda gazdan xavfsiz foydalanish” oyligi deb eʼlon qilindi.
Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolar yashash joylarida isitish uskunasi ham yoqilgʻi moylash mahsulotlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan oʻtkazilayotgan oylik davomida is gazidan zaharlanish, gaz va havo aralashmasining chaqnashi bilan bogʻliq noxushliklarning oldini olish maqsadida targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda. Aholi turar joylarida yongʻin xavfsizligini taʼminlash ishlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda. Bu boʻyicha tashkil qilingan 4 ta ishchi guruh tomonidan tuman hududidagi mahallalarda tabiiy gaz va elektr energiyasidan toʻgʻri, oqilona foydalanish, xavfsizlik choralarini doim koʻrib borish lozimligi aholiga keng tushuntirilmoqda. Lekin shunga qaramasdan ayrim fuqarolarning yonilgʻi xavfsizligi qoidalarini qoʻpol ravishda buzayotganligi yongʻin chiqishiga sabab boʻlmoqda.
Oʻtkazilgan tekshirishlar davomida tumanimiz fuqarosi M.Yaxshimurodova oʻz xonadonida istish qozonxonasiga qonuniy ravishda tabiiy gaz tarmogʻini ulab foydalanayotgani, fuqarolar M.Hamroyeva hamda Q.Yusupovalar gaz tarmogʻiga qoʻlbola gaz tortuvchi moslamalar oʻrnatilgan holda ishlayotgani aniqlandi.
Xavfsizlik qoidalariga barcha birdek amal qilsa, har qanday noxush hodisalarning oldi olinadi. Biz barcha fuqarolarni xavfsizlik qoidalariga muntazam amal qilib, oʻz-oʻziga yetkazilishi mumkin boʻlgan zarar va talofotlarning oldini olishga chaqiramiz.
Hamro MATYoQUBOV, tuman YoXB boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶