Kasb - hunar kollejida davra suhbati oʻtkazildi
Amudaryo agrobiznes kasb - hunar kollejida 3- dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan davra suhbati oʻtkazilib, unda Qipchoq ovuli faollari, uyushmagan yoshlar vakillari, kollej oʻquvchilari hamda oʻqituvchilari ishtirok etdilar.
Nogironlar kuniga bagʻishlangan tadbirni Amudaryo agrobiznes kasb - hunar kolleji direktori Z. Bekniyazov kirish soʻz bilan boshlab berdi. Shundan keyin Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S. Nametov va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi S. Yuldashevlar soʻzga chiqishib, mamlakatimizda, jumladan tumanimizda nogironlarga koʻrsatilayotgan yordamlar, ularga yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida gapirdilar.
Davra suhbati yakunida deputat S. Nametov tadbir ishtirokchilari savollariga javob berdi.
A. Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶