Faol jamoatchi muxbirlar taqdirlandi

Tumanimiz matbuoti – xalqimiz hayotining yorqin sahifalarini yaratuvchi maʼnaviyat va maʼrifat dorilfunundir. Bu dorilfunun, mana 85-yildirki, aziz amudaryoliklarni, fidoyi va mehnakash xalqimizni yangi marralar, buyuk oʻzgarishlar sari ilhomlantirib, mustaqillik gʻoyalarining chinakam targʻibotchisi sifatidagi sharafli missiyani ado etib kelmoqda.
“Taraqqiyot koʻzgusi” va uning ilova nashri “Mening oilam” gazetalarining jugʻrofiy qamrovi keng, oʻqishli va xalqimiz turmush tarziga monand maqolalarga boy ravishda chop etilishida, albatta, jamoatchi muxbirlarning hissasi katta. Gazeta tahririyati bilan mustahkam hamkorlikda oʻz ijod namunalari bilan faol ishtirok etayotgan jamoatchi muxbirlar qalamiga mansub adabiy-badiiy, tarixiy, maʼnaviy-axloqiy mavzulardagi maqolalarning mushtariylar tomonidan sevib oʻqilishi esa gazeta obunachilari safining oshib borishini taʼminlamoqda.
Shu yilning 5-yanvar sanasida “Taraqqiyot koʻzgusi”, “Mening oilam” gazetalari tahririyatida 2018-yil davomida publitsistikaning turli janrlaridagi ijod namunalari hamda sheʼr va hikoyalari bilan gazeta faoliyatida samarali ishtirok etgan faol jamoatchi muxbirlardan bir guruhi bilan tahririyat ijodiy jamoasininguchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda “Taraqqiyot koʻzgusi” va “Mening oilam” gazetalari bosh muharriri Gʻ.Yeshniyozov 2018-yilda oʻzlarining sermazmun ijodlari bilan gazetada faol ishtirok etgan jamoatchi muxbirlarga ijodiy jamoa nomidan minnatdorchilik bildirib, ularga tahririyat tomonidan “Tashakkurnoma” hamda sovgʻalar topshirdi.
“Taraqqiyot koʻzgusi” va “Mening oilam” gazetalari tahririyatlari bilan faol hamkorlik qilib, diniy-maʼrifiy va tarixiy mavzulardagi sermazmun maqola va ocherklari bilan xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish, yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga hamda tuman matbuoti rivojiga qoʻshgan katta hissasi uchun Qodirbergan hoji Jumamurodovga, tumanda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni rivojlantirishga, yosh ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlashga va ragʻbatlantirishga, tuman matbuoti rivojiga qoʻshgan hissasi uchun Saʼdulla Xoʻjaniyozovga, aholi oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilishga, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishga hamda tuman matbuoti rivojiga qoʻshgan hissasi, “Jayxun ilhomlari” NNT tadbirlarida faol ishtirok etgani uchun Tursunboy Abdullayevga, ahillik va hamjihatlik, mehr-oqibat, doʻstlik va vatanparvarlik kabi yuksak insoniy tuygʻularni tarannum qiluvchi sheʼrlari bilan tuman matbuotiga qoʻshgan hissasi uchun Jumaboy Hidoyatovga, yuksak insoniy fazilatlarni tarannum qiluvchi sheʼrlari hamda muammolarni ochib berib, ularning yechimini topishga chorlovchi maqolalari bilan tuman matbuoti rivojiga qoʻshgan hissasi uchun Oʻrozali Peyimovga, jamiyat hayotidagi kamchilik va muammolarni yorituvchi maqolalari, xalqimiz hayotida yuz berayotgan ijobiy oʻzgarishlarni aks ettiruvchi sheʼrlari bilan tuman matbuoti rivojiga qoʻshgan hissasi uchun Zuhra Ahmedovaga, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularni ommaviy madaniyatning xatarli taʼsirlari va yot gʻoyalardan asrashga xizmat qiluvchi maqola va sheʼrlari bilan tuman matbuoti rivojiga qoʻshgan hissasi uchun Aziza Madrahimovaga, xalqimiz turmush tarzida yuz berayotgan ijobiy oʻzgarishlar haqdagi maqolalari, yoshlarni vatanparvarlik va milliy istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi sheʼrlari bilan tumanimiz matbuotiga qoʻshgan hissasi uchun Shahzod Qurbonboyev hamda Iroda Yerdoshvalarga “Taraqqiyot koʻzgusi” va “Mening oilam” gazetalari tahririyati tomonidan “Tashakkurnoma” izhor etilib, sovgʻalar berildi.

“Taraqqiyot koʻzgusi” va “Mening oilam” gazetalari – tan olish kerakki, soʻnggi 7-8-yil ichida maqolalar mavzu rang-barangligi, dizayni, janr xususiyatlari jihatidan yuksak sifat darajasiga yetdi, - dedi Qodirbergan hoji Jumamurodov. – Gazeta – haqiqiy xalq minbariga aylandi. Bundan keyin ham xalqimizning bir vakili sifatida gazeta faoliyatida oʻz maqolalarim bilan ishtirok etaman.
Haqiqatdan ham tumanimiz matbuoti taraqqiyot yoʻliga kirdi, - dedi uchrashuvda soʻzga chiqqan Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Saʼdulla Xoʻjaniyozov. – Ayniqsa, yosh ijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning ilk kitoblarini chop etish borasida koʻmaklashish, oʻz iqtidorlarini namoyish etishlari uchun sharoitlar yaratish borasida gazetalar tahririyatining munosib oʻrni bor.
Shuningdek, uchrashuvda soʻzga chiqqan “Taraqqiyot koʻzgusi” va “Mening oilam” gazetalari masʼul kotibi Allambergan Jumaniyozov, Tursunboy Abdullayev, gazetaning maxsus muxbiri Oygul Pajabovalar jamoatchi muxbirlar bilan ijodiy hamkorlikning samarali natijalari haqida fikrlarini bildirdilar.
Pobiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶