Amunews.uz veb-saytining Telegram’dagi kanali obunachilari soni ming nafardan oshdi
“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati tomonidan tashkil qilingan Amunews.uz veb-saytining Telegram’dagi @Amunewsuz kanali obunachilari soni ming nafardan oshdi.
Telegram statistikasini yurituvchi @TGStat_Bot’dan olingan maʼlumotlarga koʻra, 2017-yilning oxirida tashkil qilingan mazkur kanalda shu kungacha 250 dan ortiq postlar, 1 ming 900 ga yaqin foto va 74 ta videomateriallar eʼlon qilingan.
Postlar jami salkam 195 ming marta, har bir post esa oʻrtacha 900-martadan ortiq koʻrilgan. Telegram foydalanuvchilari bir kunda kanalga oʻrtacha 5 ming 200-marta “nazar solishadi”.
Mangʻit shahrida roʻy bergan yongʻin hodisasi yuzasidan rasmiy bayonotga havola beruvchi mana bu post eng koʻp – 8 ming 700-martaga yaqin oʻqilgan. “Yangi yil bayrami arafasida Mangʻit shahrining tungi koʻrinishi!” deb nomlangan mana bu post esa qisqa muddatda (kanalda eʼlon qilinganiga 10 kun ham boʻlmagan) eng koʻp – 2 ming 700-martadan ortiq oʻqilgani sababli @TGStat_Bot tomonidan kanaldagi “eng mashhur” post deb topilgan.
Eslatib oʻtamiz, amunews.uz veb-sayti 2012-yil 1-apreldan faoliyat olib bormoqda. Sayt Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligining 0919-sonli guvohnomasi bilan ommaviy axborot vositasi sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶