Ona tabiat – tirikligimiz manbai
Har tong örnimizdan turib tinç-sokin çor-atrofimizga qarab, könglimiz xotirjam böladi. Köksimizni töldirib, erkin nafas olamiz. Göyo olam şunday yaralganday, şu tarzda hayot davom etaveradiganday tuyuladi. Aslida özimiz yaşayotgan olamning muvozanati, holati bizning munosabatimizga ham köp jihatdan boğliq ekanligini öylab ötirmaymiz. Yer kurrasining turli nuqtalarida sodir bölayotgan tabiiy ofatlar, ularning natijasida kelib çiqayotgan köngilsizliklar haqida eşitib tursak-da, huddi bizga daxlsizday sezamiz özimizni. Bu tuğrimi? Albatta yöq. Aytiş mumkinki, ona tabiatimizga notöğri munosabatda böliş, asrab-avaylamaslikning oxiri köpgina noxuş holatlarga sabab bölişi mumkin.
Tuman tabiatni muhofaza qiliş bölimi tomonidan tumanimizning barça korxona, taşkilot, muassasalarda, öquv maskanlarida atrof-muhitni toza saqlaş, obodonlaştiriş, yaşil daraxtlarni köpaytiriş lozimligi xususida yil mobaynida tuşuntiriş-tarğibot işlari olib borildi. Tumanda mavjud 74 ta qabriston röyxatga olinib, obodonlaştiriş, tozalaş işlari muntazam nazorat qilib borilmoqda. Amudaryoning 500 metrlik muhofaza hududida suvifloslanişining oldi olinmoqda, atmosfera havosini muhofaza qiliş, xazon, çiqindilarning yoqib yuborilişining oldini olişga doir qator reydlar ötkazdik.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-mayda qabul qilingan 199- Qarori talablariga rioya qilmagani, tabiiy muhitni ifloslantirgani va hududida çiqindilar töplanib turişiga yöl qöygani uçun 22 ta korxonaga yil dvaomida 3 mln. 724 ming 362 söm jarima solindi va undirildi. Atmosfera havosini muhofaza qiliş qoidalarini buzgan 41 şaxsga 2 mln. 413000 söm, suv resurslarini muhofaza qiliş qoidalariga amal qilmagan 24 nafar jismoniy şaxslarga 1 mln. 910 ming 160 söm, yer osti va yer usta resurslarini muhofaza qiliş qoidalariga amal qilmagan 16 nafar şaxsga 1 mln. 321 ming 200 söm miqdorida jarima solindi. Fuqarolardan tuşgan 6 ta ariza ijobiy hal qilindi. Yil davomida 2-marta "toza havo” tadbiri, 12-marta "Oçiq eşiklar kuni” ötkazildi, tabiatni muhofaza qiliş qonunlarini aholiga tuşuntiriş – tarğibot işlari muntazam olib borilmoqda.
Bizning barça saʼy-harakatlarimiz atrof-muhitning musaffo, tozaligiga, ona tabiatimizning muhofaza qilinişiga qaratilgandir. Tumanimizning barçaaholisi bu borada bizga maslakdoş böladilar, deb işonamiz. Çunki tabiatimiz – tirikligimizdir.
M.ABDREIMOV,
Qoraqalpoğiston Respublikasi tabiatni muhofaza qiliş qömitasi tuman bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶