Tomorqa — oila daromadi va farovonlik manbai
Qişloq joylarda tomorqa yerlari azaldan oila rizqi, baraka va mehnat timsoli bölib kelgan. Bugungi kunda esa tomorqadan unumli foydalaniş orqali nafaqat oila ehtiyojini qondiriş, balki barqaror daromad manbaini yaratiş mumkinligi amalda öz isbotini topmoqda. Ayniqsa, qiş mavsumida issiqxona taşkil qiliş orqali yerdan samarali foydalaniş oilalarning iqtisodiy imkoniyatlarini yanada kengaytirmoqda.
Amudaryo tumanining Bobur nomli ovulida tomorqaçilar safi kun sayin kengayib bormoqda. Bu borada “Mahalla yettiligi”, xususan hokim yordamçisi tomonidan aholiga amaliy yordam körsatilib, kredit oliş, issiqxona quriş va agrotexnik masalalarda maslahatlar berib borilayotgani soha rivojida muhim omil bölmoqda.
Köçatçilik — erta daromad garovi
Ovuldagi ana şunday imkoniyatlardan foydalanib, samarali faoliyat yuritayotgan ilğor tomorqaçilardan biri — Alişer Babajanovdir. U 2025-yilda 33 million söm kredit olib, 3 sotix maydonda zamonaviy issiqxona taşkil qilgan edi. Hozirda tomorqaçi asosan sabzavot köçatlari tayyorlaş bilan şuğullanmoqda.
Köçatçilikning afzalligi şundaki, u nisbatan qisqa muddatda daromad keltiradi. Sifatli köçat har doim talabgir, ayniqsa bahor mavsumida dehqon va tomorqaçilar uçun zarur mahsulot hisoblanadi. Köçat yetiştirişda uruğ tanlaş, tuproq aralaşmasini töğri tayyorlaş, harorat va namlikni nazorat qiliş muhim ahamiyatga ega. Qiş faslida issiqxonada barqaror haroratni saqlaş orqali ertagi bozor uçun tayyor mahsulot oliş mumkin. Bu borada bilim va tajribalarini mustahkamlab, öz ustida işlaş orqali hosildorlikni oşirayotgan ilğor tomorqaçi Alişer Babajanov qöşnilariga ham örnak bölmoqda.
Gulçilik va köçatçilik — bir issiqxonada
Ovuldagi yana bir ilğor tomorqaçi — Soatboy Otajanov 2024-yilda 10 million, 2025-yilda yana 10 million söm bank krediti olib, jami 4 sotix maydonda issiqxona taşkil qildi. U ham asosan sabzavot köçatlari va turli gullar yetiştiriş bilan şuğullanmoqda.
Gul yetiştiriş nafaqat iqtisodiy, balki maʼnaviy ahamiyatga ham ega. Gullarga talab yil davomida saqlanadi — bayramlar, tadbirlar, uy-joylarni bezatişda doimiy ehtiyoj bor. Şu sababli ham dehqonning dasturxoni doimo tökin-soçin. Issiqxonada gul yetiştiriş uçun yoruğlik, namlik va ozuqa muvozanatini saqlaş talab etiladi. Bu esa maşaqqatli bölsada, yuqori daromad keltiruvçi yönaliş sanaladi. Soatboy Otajonov öz oila aʼzolarining ham uşbu issiqxonada bandligini taʼminlab, kaftdekkina yerini oilaviy biznes obʼektiga aylantirgan.
Tomorqada gul yetiştiriş boşqa dehqonçilik tarmoqlaridan özining yuqori daromadliligi va kam joy talab qilişi bilan ajrab turadi. Bir neça sotix yerda yetiştirilgan noyob gul köçatlari bir neça tonna kartoşka yoki piyozdan köra köproq foyda keltirişi mumkin. Qolaversa, gulçilik mavsum tanlamaydigan soha. Bu esa yil böyi, ayniqsa, bayramlar arafasida kafolatlangan yuqori daromad demakdir.
Sabzavotçilik rivoji — dasturxon tökinligining muhim omili
Ovuldagi yana bir ilğor tomorqaçi — Oybek Davlatov 2024-yilda 100 million söm bank krediti olib, 6 sotix maydonda issiqxona barpo etgan edi. Hozirgi kunda issiqxonada asosan bodring va pomidor yetiştirib, içki bozorni taʼminlab kelmoqda.
Qişda issiqxonada sabzavot yetiştiriş uçun tomçilatib suğoriş tizimi, isitiş uskunalari, sifatli uruğ va mineral ozuqa vositalari muhim ahamiyatga ega. Bunday mahsulotlar qiş mavsumida bozorda talab yuqori bölgan paytda sotilib, yuqori daromad keltiradi. Şu bilan birga, mahalliy bozorda sabzavot narxining barqarorligini taʼminlaşga ham xizmat qiladi.
Tomorqa — özini özi band qiliş imkoniyati
Qişloq joylarda tomorqa aholining özini özi band qilişida muhim örin tutadi. Issiqxona taşkil qiliş orqali oila aʼzolari doimiy iş bilan taʼminlanadi, mehnat migratsiyasi kamayadi.
Bobur nomli ovulidagi ilğor tomorqaçilar tajribasi şuni körsatmoqdaki, yerga mehr bilan yondaşilsa, tomorqa haqiqiy daromad manbaiga aylanadi. Issiqxona taşkil qiliş, köçatçilik, gulçilik va sabzavotçilik yönalişlarini rivojlantiriş orqali köplab oilalar barqaror daromad manbaiga ega bölmoqdalar. Mahalla darajasida körsatilayotgan tizimli amaliy yordam esa bu jarayonni yanada jadallaştirmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶