Jayxun ilhomlari
ARÇA QURAMIZ
(Bolalarga)
Kelingiz uyimizga,
Arça quramiz.
Qöl uşlaşib hammamiz,
Qator turamiz.
Atrofida aylanib,
Qah-qah uramiz.
Döstlik, birodarlik
Zavqin suramiz.
Barça millat bolasi
Döst-u jöramiz.
Jaranglaydi davrada
“Yaşa!” “Ura!”miz.
Qorbobo, Qorqiz bilan
Birga yuramiz.
Bergan sovğalarini
Baham köramiz
Saʼdulla XÖJANIYoZOV.
Yana
Yana yaroğlanib Yangi yil uçun,
Sinay sinmay qolgan qalamim kuçin.
Qoğoz yozuviga söz saylab olgay,
Elga ehtirosim nusxasi qolgay.
Bayram kunin kutgan kuylar quyuldi,
Ayyom havosidan orom tuyuldi.
Besabr soğinç sanab kelar ayyomni,
Qarşi olgani qişdan ilhomni!
Salkam yetmiş raqam umrimga qöşib,
Alloh bersa kuylay, Jayhunday jöşib!
Jumaboy HIDOYaTOV.
QUVONÇIM
Yangi yilda yasanib,
Çiroyli qiz bölaman.
Bayram kuni onamga,
Quvonç hadya qilaman.
Qadim-qadim anʼana,
Bölar katta tantana.
Qorga burkanib daraxt,
Muzlayapti şarşara.
Közim quvnab ketyapti,
Çana uçgim kelyapti.
Qorboboning sovğasin,
Tezroq olgim kelyapti.
Muxlisa RAJABOVA, 12-maktab öquvçisi.
Ona Yurt bezandi
Ikki ming ön sakkiz – eng zör yil böldi,
Islohotlardan köngillar töldi.
Ikki ming ön töqqiz – orzular bilan,
Kirib keldi gözal tuyğular bilan.
Ona yurt bezandi oppoq qor yoğib,
Qor gullarin taqdi boğlar, ajoyib.
Yam-yaşil arçani örtaga qöyib,
Bolajonlar öynar quloçin yoyib.
Umida Yöldoşeva,
19-sonli maktab öquvçisi.
Qiş
Derazamga naqş solib,
Yuzlarimni çimçilab.
Oppoq qorin yelkalab,
Ayoz bobom keldilar.
Öğil-qizlar juda şod,
Arçamiz atrofida.
Qorbobomiz sovğasi
Yetadi barçasiga.
Yangi yilga yaraşar,
Şodon öyin-kulgular.
Tinç, osuda Vatanda,
Har dilda baxt, orzular.
Şohsanam ÖROZALIYeVA,
Namuna mahallasi.
TABRIK
Yangi yilda yangi orzular sari,
Intilamiz yorqin kelajak sari.
Hayajonli, sirli, ajoyib bari,
Barçani qutlaymiz yangi yil bilan.
Tark etmasin heç qaçon dillarni quvonç,
Ertangi kun uçun mustahkam işonç.
Yuzlarda aks etar şirin tabassum,
Muhabbatga hamroz yuraklar masʼum.
Bayram şodligidan dillar yayrasin,
Baxtli kunlar madhi tutsin dunyoni.
Istiqlol yurtiga tinçlik yor bölsin,
Har dilni çulğasin döstlik ayyomi.
Ziyoda QUVVATOVA, Amudaryo akademik litseyi öquvçisi.
Yangi yil
Yangi orzular va yangi rejalar,
Yangi ğoyalardan şodlanadi dil.
Uluğ maqsadlarning yöliga çorlab,
Kirib kelar mana, yana Yangi yil.
Butun insoniyat qalbida umid,
Butun borliq bugun qilar tantana.
Yangi yil orzular beşigi bölib,
Oppoq qorlar ila kelmoqda, ana!
Soat sayin yaqin kelar yangi yil,
Yaqinlaşgan sayin hayajonda dil.
Hayot kitobida yana bir satr,
Oltin varaqlarga tuşar eski yil.
Yangi yil kelgani – jumlai başar
qoldirgani yana bir yoşin.
Insoniyat uluğ qalb bilan yaşar,
Aslo, söndirmaydi dilda quyoşin.
Iroda YeRDOŞEVA,
38-maktab öquvçisi.
BAYRAM ZAVQI
Zamin uzra yoğar qor,
Oppoq qorda zör viqor.
Yangi yil bongin çalib,
Otayotir oq tonglar.
Şodliklari bir jahon,
Çanği uçar bolajon.
Oppoq qorga belanib,
Qizlar öynar qorböron.
Kuzataman zavq bilan,
Qanday gözal boğ-roğlar.
Olam qorga burkangan,
Oq römol örab toğlar.
Derazamga naqş solar,
Ayoz bobo keçalar.
Uy törida tovlanar,
Bezatilgan arçalar.
Zuhra AHMEDOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶