Chegarachi Eldor Abrimov Mangʻitdagi harbiylar uchun qurilgan xizmat uyida oilasi bilan istiqomat qilmoqda
2002-yildan Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlarida sidqidaldan xizmat qilgan Eldor Abdrimov nafaqat safdoshlari, balki komandir va boshliqlarining ham hurmat eʼtiborini qozonishga muvaffaq boʻlgan.
2016-yilda isteʼfoga chiqqan E.Abdrimov yana harbiy qismda oʻz ishini davom ettirishga qaror qildi. Jasur va matonatli harbiy ayni kunda ham epchilligi, har bir topshiriqni oʻz vaqtida va vijdonan bajarishi bilan safdoshlariga namuna boʻlmoqda. U oʻz guruhidagi jangchilarga barcha mahorat, bilim va tajribalarini chuqur oʻrgatishga harakat qilayapti
– Davlatimiz rahbarlaridan va harbiy qismimiz komandirlaridan cheksiz minnatdorman, – deydi kichik serjant, guruh komandiri Eldor Abdrimov. – 2018-yilda menga oilam bilan yashashim uchun yangi xizmat uyi berildi. Bu oilam aʼzolariga katta quvonch ulashishi bilan birga, ona Vatanim tinchligini asrash yoʻlidagi ishlarda menga katta kuch-gʻayrat bagʻishladi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶