12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 23:21
Adabiyot 👁 4,026

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

QANOATLI BÖL

(Maslahat)

Bobolar duo qilsa,

“Qanoatli böl”, – derlar.

Qanoatli insonda,

Imon-insof jam bölar.

Qanoat özi nedir,

U qandayin fazilat?

Qanoat – nafsni tiyiş,

Neʼmatlarga şukr etiş.

Kim qanoat-la yursa,

Baxt-u omad unga yor.

Hayoti tinç-osuda,

Huzur-halovatga yor.

Nafs – asli yovuz şayton,

Qanoatning duşmani.

Nafs yöliga kirganlar,

Odamzotning şaytoni.

Yelkangga çiqqan şayton,

Buyurar: “tez çop”, deydi.

“– Mol yiğişdan töxtama,

Yana köproq top”, deydi.

Qançalik topgan bilan

Sira közing töymaydi.

Nafs qurğur, heç qaçon

Öz erkingga qöymaydi.

Agar bölsa amali,

Har kimsaning qölida.

Hiyla-nayrang işlatar,

Pul topişning yölida.

Kim nafsini tiymasa,

Öz nafsiga bölar qul.

Nafs şayton, u – duşman

Ekanligin bilmas ul.

Qanoat ne, nafs nedir?

Aytdim men takror-takror.

Qanoat ber barçaga,

Karamli Parvardigor.

Qanoatda sobitlar,

Boy böladi bir kuni.

Çiqarib yaxşi otlar,

Çaroğondir kun-tuni.

Odil Ollohyor öğli,

Çordara mahallasi.

VATAN

Daryo bölib tölib-toşgan,

Quyoşdayin nurin soçgan.

Öğlim, deya quçoq oçgan,

Vatanimsan, Özbekiston!

Qöşiq aytib, çertsam torim,

Boyligimsan, sensan borim.

Nomusimsan, mening orim –

Xazinamsan, Özbekiston!

Osmonimda nur – oyimsan,

Gözalligim, çiroyimsan.

Tuğilib-ösgan joyimsan,

Onajonim, Özbekiston!

Porlab turgan çiroğimsan,

Tengsiz çaman, gulboğimsan.

Mening jon-u jahonimsan,

Tanamda jon – Özbekiston!

Aydos IBODULLAYeV.

JASUR ÖĞLON

Vatanin qöriqlar har on,

Ayamaydi aslo jonini.

Tinçlikni asrovçi qörğon,

Alpomişdek jasur öğlon.

U bor ekan, obod har yon,

Tiniq, musaffo osmon.

Safda turar doim sergak,

Ona yurtga udir tirgak.

Vatanimiz öğlonlari,

Kuç-qudratda mard-u maydon.

Tinçligimiz posbonlari,

Ular yurtga har dam qalqon.

Ona yurtni asraş kerak,

Vatan, deya urar yurak.

Şudir ular qasamyodi,

Dillarida Vatan yodi.

Iroda BEKIMBETOVA, 30-maktab öquvçisi.

Soğinç (Onamga)

Bu dunyoga kelib körganim,

Quçoğida jannat körganim.

Duolarda baxtim sörganim –

Onajonim, Sizni soğindim!

Yoningizga boraman qaçon,

Körgim kelar Sizni, mehribon.

Yöllarimga köz tikkan inson–

Onajonim, Sizni soğindim!

Boringizga şukr aytaman,

Soğinç töla aşʼor bitaman.

Keling, Sizga bir söz aytaman:

Onajonim, Sizni soğindim!

Sobitdirman sarhadlarda men,

Qöriqlayman, tinç bölsin Vatan.

Yurtni asraş burçing, deb aytgan,

Onajonim, Sizni soğindim!

Tun-u kunlar Sizni öylayman,

Yulduzlarga, oyga sözlayman.

Bağringizga bir kun qaytaman,

Onajonim, Sizni soğindim!

Qoraqalpoq eli bu yerlar,

Amudaryo tinmay şovullar.

Manğitlardan yozaman şeʼrlar,

Onajonim, Sizni soğindim!

Yuksaklarga intilib yana,

Işonçingiz oqlab mardona.

Harbiylikka öqiyman, ona,

Onajonim, Sizni soğindim!

A.HOJIQURBONOV,

oddiy askar.

SENI GULIM, DEB...

(Askarning sevgilisiga maktubi)

Seni gulim, asrab-avaylab,

Boğboningga aylanolmadim.

Kunda ming bor ölib-tirilib,

Qalbingga heç boğlanolmadim.

Nelar qilsam, bari xatodir,

Xatolarga kömilib ketdim.

Uzr sörab, keçir, deb takror,

Oxir özim begona böldim.

Boğbon bölib gullar iforin,

Özgalarga etibman ato.

Endi zinhor gullar ekmasman,

Gullar meni qildilar ado

Raʼno RAHIMJON qizi, 38-maktab öqituvçisi.

ASKAR ONASINING DUOSI

Oppoq qor yoğdi, qarang,

Vatan oqqa burkandi.

Quvonçlar berdi jarang,

Xalq bayramga şaylandi.

Yangi yil tantanasi,

Ulandi zör ayyomga.

Askar öğlon onasi,

Qölin oçdi duoga:

“Omon bölsin askarlar,

Hur Vatan posbonlari.

Ular bilan çaroğon

Ona yurt osmonlari”.

Malina MINTURĞANOVA, 19-maktab öquvçisi.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026