“Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” gʻoyasi ostida oʻtkazilgan tadbirlarda Vatanga muhabbat, faxr-u iftixor tuygʻulari yanada yuksaldi
Prezidentimizning Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 27 yilligini munosib kutib olish va nishonlash boʻyicha qabul qilingan Farmoyishi asosida “Vatanparvarlik oyligi” eʼlon qilinib, joylarda jamoat tashkilotlari tomonidan ham harbiy-vatanparvarlik mavzularida turli tadbirlar tashkil qilindi.
Muassasa va tashkilotlarda, mahallalarda oʻtkazilgan “Vatanimga tayanchman” mavzusidagi vatanparvarlik soatlari, “Askar – mahalla faxri”, “Qurolli Kuchlarning fuqarolik jamiyatimizda tutgan oʻrni va roli” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar orqali aholining milliy Armiyaga boʻlgan ishonchi oshib, vatanparvarlik tuygʻulari yanada mustahkamlandi.
Ayniqsa, yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan xizmatdagi harbiylar, “Temurbeklar maktabi” oʻquvchilari, harbiy bilim yurtlari kursantlari, Qurolli kuchlar faxriylari bilan boʻlgan uchrashuvlarida, harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi badiiy havaskorlik va amaliy sanʼat koʻrik-tanlovlari, “Men, albatta, harbiy boʻlaman!”, “Eng yaxshi “Jasorat” klubi” tanlovlarida, muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan harbiy xizmatchilar ishtirokidagi “Ibratli tengdoshim” mavzusidagi suhbatlarda yoshlar katta ishtiyoq bilan ishtirok etdilar.
Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman Kengashi tomonidan harbiy vatanparvarlik yoʻnalishida oʻtkazilgan “Eng yaxshi mahalla” tanlovida “Boʻz solma” mahallasi, yoshlar ittifoqining tuman Kengashi tomonidan oʻtkazilgan “Eng yaxshi “Jasorat” klubi” tanlovida, klub aʼzosi, harbiy xizmatni oʻtab kelgan Botirbek Xoʻjanov gʻolib deb topilib, tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanma oldilar.
Tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan harbiy xizmat muddatini oʻtayotgan davrida tashakkurnoma olgan 10 nafar askarlarning onalari Nukus shahrida oʻtkazilgan “Askar onalarini sharaflaymiz” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda ishtirok etdilar. Undan tashqari, qoʻmita tomonidan 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida ayni paytda armiya safida xizmat qilayotgan 51 nafar askarning onalari ishtirokida “Askar onalarini sharaflaymiz” nomli katta maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkillashtirilib, askarlar onalariga tuman hokimligining tashakkurnoma va sovgʻalari topshirildi.
Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirlar harbiylar hamda askarlarninggina emas, aholi, ayniqsa, yoshlarning vatanparvarlik tuygʻularini yanada yuksaltirdi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶