Tanlovda qatnashing va gʻolib boʻling!
Nogronligi boʻlgan shaxslar orasidan isteʼdodlilarni izlab topish, umidli ijodkorlarni kashf etish, ularni oʻz ijodlarini namoyon etishlari uchun sahnaga chorlash, isteʼdodlarini namoyish qilishlarida zaruriy shart-sharoitlar yaratish, qoʻllab-quvvatlash, ragʻbatlantirish, ijodiy izlanishlarini jonlantirish hamda keng jamoatchilikka ijod namunalarini taqdim etish orqali iqtidorli, isteʼdodli nogironligi boʻlgan yoshlarni aniqlash va ragʻbatlantirish, shuningdek, ularning ijodiy ishlarini OAVda yoritish yoʻli bilan oʻzlariga boʻlgan ishonchlarini oshirish, nogironligi boʻlgan yosh ijodkorlarning bilim va malakalarini takomillashtirish, ijod yoʻnalishidagi qonun-qoidalarni oʻrgatish va tadbirkorlik hissini kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi Respublika imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar Markazi nogironligi boʻlgan barcha ijodkor bolalar va yoshlar uchun “Vatan – mening nigohimda” tanlovini oʻtkazadi.
Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar 6 ta yoʻnalish, yaʼni:
tasviriy sanʼat:
bisser toʻqish;
toʻqimachilik;
hunarmandchilik;
oʻyinchoqlar yasash;
suviner tayyorlash (hajmi kichik turdagi buyumlar) nominatsiyalari boʻyicha qatnashishlari mumkin.
Ushbu tanlovda 7 yoshdan 14 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolalar va 14 yoshdan 30 yoshgacha nogironligi boʻlgan yoshlar ishtirok etadilar.
Iqtidorlilarni tanlash tadbirlari uch bosqichda oʻtkaziladi. Tuman (shahar) viloyat va Respublika bosqichlari gʻoliblari I, II, III darajali Diplomlar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadilar. Tanlovning 1-bosqichi gʻoliblariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanma beriladi.
Tanlovning birinchi bosqichida ishtirok etish istagidagi nogironligi boʻlgan 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar va 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlardan yoshlar ittifoqi tuman Kengashida arizalar qabul qilish boshlandi.
Tanlovda ishtirok etish uchun:
- markaz direktori nomiga ariza;
- shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport nusxasi);
- 2 dona fotosurat (3x4 hajmda);
- nogironligini tasdiqlovchi TMEK maʼlumotnomasi talab etiladi.
Arizalar 2019-yil 30-yanvargacha qabul qilinadi.
ishtirok etishni xohlovchilar yoshlar ittifoqi tuman Kengashiga murojaat etishlari yoki 99 958 37 90 telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilishlari mumkin.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶