OʻZBOShIMChALIK BILAN QUPILGAN IMOPAT UChUN MULK HUQUQINI OLISh AKTsIYaSI BOʻYIChA 2 MING 338 TA MUPOJAAT QABUL QILINDI
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini olish uchun tuman hokimi nomiga yozilgan ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda imorat joylashgan hududdagi Davlat xizmatlari markaziga topshiriladi.
Murojaat etuvchidan tegishli boʻlmagan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi. Ariza murojaat etuvchining oʻz imzosi bilan tasdiqlanadi. Agarda murojaat etuvchi tomonidan yolgʻon maʼlumotlar taqdim etilsa yoxud unga ilova qilinadigan hujjatlar toʻliq boʻlmasa, uning arizasi qabul qilishdan rad etiladi.
Shu kunga qadar tuman Davlat xizmatlari markaziga oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini olish uchun 2 ming 388 ta murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaatlardan 658 tasi boʻyicha oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish hamda yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi berildi.
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga mulk huquqini olish boʻyicha aktsiya davom etmoqda. Bu boʻyicha tuman Davlat xizmatlari markaziga murojaat etilganidan soʻng, ariza bir soat ichida tuman kadastr idorasiga tizim orqali yuboriladi. Kadastr idorasi ikki kun ichida komissiya aʼzolariga xulosa olish uchun imoratning texnik rejasini va fuqaroning arizasini elektron tizim orqali yuboradi. Ushbu tizim “Kadastr 2.0” deb nomlanadi va u jarayonda ishtirok etuvchi tashkilotlar oʻrtasida axborot almashinuvini muvofiqlashtiradi.
Nazokat Madiyorova,
tuman Davlat xizmatlari
markazi bosh mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶