Amir Temur ovulida sektor rahbarining sayyor qabuli oʻtkazildi
Bugungi kunda xalqimiz uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, hayotdan rozi qilish, ularning bunyodkorlik salohiyatini yuzaga chiqarish bosh maqsadga aylandi. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha tuzilgan sektorlar tomonidan olib borilayotgan ishlar bu borada juda katta ahamiyat kasb etmoqda. Sektorlar vakillari uyma-uy yurib, oʻrganishlar, aholi bilan muloqotlar olib borish, shuningdek, kelib tushayotgan murojaatlar asosida ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi dolzarb masala va muammolarga samarali yechim topishga intilmoqda.
Tumandagi 2-sektor hududida ham masʼullar tomonidan hamma jabhada amalga oshirilayotgan, inson manfaatlari ustuvorligiga qaratilgan islohotlarni bugungi zamon talabiga mos ravishda jadallashtirishga koʻmaklashilmoqda. Hududda huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi salomatligini muhofaza etish, bandlik, oila va mahallalarda maʼnaviy muhit barqarorligini mustahkamlash, kam taʼminlanganlarga koʻmaklashish singari yoʻnalishlarda mavjud muammolarga yechim topish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlar qoʻllanilmoqda.
Yaqinda 2-sektor hududidagi Amir Temur nomli ovul fuqarolar yigʻinida uy-joy, kommunal, energiya va issiqlik taʼminoti sohalaridagi, hududlar obodligi, sogʻliqni saqlash, taʼlim muassasalaridagi kamchiliklarni hal etish maqsadida sektor rahbari – tuman prokurori J.Muftullayevning sayyor qabuli oʻtkazildi.

Sayyor qabulda tuman prokurori katta yordamchisi S.Uzoqberganov, tuman IIB boshligʻi oʻrinbosari A.Qurboniyozov, 2-sektorga biriktirilgan ishchi guruh aʼzolari ham ishtirok etdilar. Sayyor qabulda ovul faollari, fuqarolarning murojaatlari asosida hududdagi yoʻllarni taʼmirlash, eskirgan transformatorlarni yangilash, suyultirilgan maishiy gaz ballonlarining aholiga oʻz vaqtida yetkazilishi, uy-joy qurish uchun yer maydonlari ajratilishi, ovul hududida maktabgacha taʼlim muassasasi qurish kabi muammolar mavjudligi aniqlandi.
Tinglangan murojaatlardan 2 tasiga joyida yechim topildi. Qolgan muammolarni bartaraf qilish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilib, ijrosi nazoratga olindi.
Sektorlar faoliyati davomida mavjud muammolarning oʻrganilib, ularga oʻz vaqtida yechim topilayotgani hududlar obodligi va farovonligiga xizmat qilmoqda.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶