“Farovon oila – jamiyat ravnaqining asosi” mavzusida targʻibot oʻn kunligi oʻtkazilmoqda
Rivojlanishlar, barcha sohalarda yangilanishlar shiddat bilan kechayotgan bugungi davrda oila institutini mustahkamlash, oilaning reproduktiv salomatligi va demografik rivojlanishi va farovonligi, xotirjamligini taʼminlash, umuminsoniy va milliy oilaviy qadriyatlarni chuqur singdirish orqali oilaviy nizolarning, ajrimlarning oldini olish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Muhtaram Yurtboshimizning 2018-yil 2-fevralda qabul qilgan “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buningdek davlat ahamiyatidaga molik vazifani hal qilishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga xizmat qiluvchi Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi qoshidagi Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlari tashkil etildi hamda faoliyati boshlab yuborildi.
Aytish joizki, oʻtgan davrda mazkur tuzilma oilalarda sogʻlom muhitni, oʻzaro hamjihatlikni, bir-birovga hurmat-eʼtibor, oʻzaro ishonchni mustahkamlashga, turli turmush tashvishlarini birgalikda oqilona hal qilishga ragʻbatlantirish borasida koʻpgina saʼy-harakatlarni amalga oshirmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmonlari ijrosini taʼminlash maqsadida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi 2019-yil 11-yanvarda 2019-yil 25-yanvardan 5-fevralga qadar “Farovon oila – jamiyat ravnaqining asosi” mavzusida targʻibot oʻn kunligin oʻtkazish yuzasidan qabul qilgan Farmoyishiga muvofiq keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
– Oʻn kunlik davomida aholi oʻrtasida oʻtkaziladigan tushuntirish-targʻibot ishlarimiz oʻz samarasini berishga intilmoqdamiz. Ayni kunda tumanimizda arzimagan sabablar – bir-birovni mensimasligi , er-xotin bir-birovining qarashlarini hurmat qilmasligi yo oʻzaro ishonchsizlik oqibatida ajrashishga qaror qilayotgan oilalarning koʻpligi tashvishlanarli hol. Markazimiz tashkil etilganidan beri oʻzaro nizoli 125 oilalardan murojaatlar kelib tushdi, 87 ta oila yarashtirildi, oila muqaddasligini tushuntirishga bagʻishlangan 80 dan ziyod tadbirlar oʻtkazdik, – deydi “Oila” markazi tuman boʻlimi rahbari Gulshod Yusupova.
“Farovon oila – jamiyat ravnaqining asosi” mavzusidagi targʻibot oʻn kunligi doirasida oʻtkazilayotgan oilada sogʻlom va farovon turmush tarzini qaror toptirish, oila muqaddasligi, nikoh yoshi va unga amal qilish ahamiyati, oilaviy ajrimlarning oldini olish, ajrashgan oilalar farzandlariga aliment tayinlash va toʻlash tartibi, nikoh oldi tibbiy koʻrigining ahamiyati, sogʻlom oila bunyod etish yoʻl-yoʻriqlari xususidagi tadbirlar ham oilaviy ajrim va begunoh goʻdaklarning taqdiriga loqaydlik bilan qaramaslikka, buningdek salbiy holatlarning oldini olishga barchani birdek kurashishga chorlaydi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶