Baxtli oila xotirjam makondir
Oiladagi eng asosiy mezon – ikki tomonning bir-birini tushunib, qoʻllab-quvvatlashi, ogʻir va quvonchli damlarda bir-biriga hamdard, hamnafas boʻlishini taʼminlovchi harakat uygʻunligidir.
Baxtli oila – bu bexatar va xotirjam makon demak. Shunday oilaning aʼzolari dasturxon atrofida oʻtirib, ota-ona farzandlari bilan kun qanday oʻtganligi haqida suhbatlashadilar va bolalar maktabda nima boʻlganini hayajon bilan aytib berishlariga imkon boʻladi, birgalikda dam olish, ertangi kun uchun rejalarini tizishga jalb qilinishi ularni ragʻbatlantiradi.
Baxtli oiladagi bola kasal qolsa, ota-onasi unga albatta, gʻamxoʻrlik qilishiga ishonadi. Ehtimol, ular kechasi bilan galma-gal uning oldida boʻlishlariga toʻgʻri kelishi ham mumkin. Yoki bola ota-onasining oldiga qachon yordam soʻrab kelmasin, ular jigarbandiga doimo maslahat berib, qoʻllab-quvvtlashadi. Ha, bu dunyo qanchalik tezkor boʻlmasin, bola oʻziga oilada eʼtiborni his etishi kerak.
Farzandlar oʻsib ulgʻaygach, oʻzlari ham oila qurishadi, oʻz oilalarini baxtli qilishga, hamda keksayib qolgan ota-onalari haqida jonkuyarlik qilishga intilishadi.
Shu oʻrinda taʼkidlash lozimki, farzandlariga ota-onalar undoq qil, bundoq qil, deya nasihat qilganidan koʻra, oʻzlarining harakatlari bilan ibrat boʻlgani yaxshiroq. Boisi bolalar eshitganidan emas, koʻrganlaridan namuna oladi. Bu hayot – haqiqati!
Gulshod Yusupova, “Oila” markazi tuman boʻlimi rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶