OʻQUVChILAR ShOH VA ShOIR Z.M.BOBUR SIYMOSINI YaRATDILAR
13-fevral kuni 70-sonli umumtaʼlim maktabida buyuk bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazilib, unda maktabning yuqori sinf oʻquvchilari ishtirok etdilar.
Yigʻilishni maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari G.Yusupov kirish soʻz bilan ochib, Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yoʻllari, sarkardalik yurishlari va ijodi haqida maʼlumotlar berdi.
Shundan keyin 5-sinf oʻquvchilari Dilnur Xolmurodova va Mahliyo Allamovalar Bobur gʻazallari va ruboyilaridan parchalar oʻqidilar. 11-sinf oʻquvchisi Sitora Ahmedova esa “Boburnoma” asari haqida maʼruza qildi.
Z.M.Bobur tavalludining 536 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan tadbir sahna koʻrinishlari bilan davom etdi. Sahna koʻrinishlarida oʻquvchilar buyuk bobokalonimiz Z.M.Boburning siymosini aniq va ishonarli tarzda yaratishga muvaffaq boʻldilar.
Buyuk bobokalonimiz Z.M.Bobur tavalludining 536 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan ushbu tadbir uning ishtirokchilarida katta taassurotlar qoldirdi.
Mohira YOʻLDOShEVA, “Muxbirlar posti” aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶