Mangʻit shahridan Xorazm viloyati chegarasigacha boʻlgan avtomobil yoʻlida joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda
Yoʻllar olisni yaqin qilib, koʻzlangan manzilga yetkazibgina qolmay, mamlakat taraqqiyotida ham muhim oʻrin tutadi. Yoʻlning ravon boʻlishi undan foydalanuvchilarning vaqtini, mablagʻini tejaydi, uzogʻini yaqin qiladi. Lekin zamon taraqqiy etib, mashinalar oqimining koʻpayishi va tashiladigan yuk hajmining ortishi yoʻllarning taʼmirtalab boʻlib qolishiga sabab boʻlmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda mintaqaviy va ichki xoʻjalik yoʻllarini taʼmirlash va saqlash masalasiga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Tumanimizda ham oʻtgan davr mobaynida asosiy va ichki xoʻjalik yoʻllarining koʻp qismi joriy taʼmirlanib, aksariyati foydalanishga topshirildi. Qolgan qismlarida esa taʼmirlash va mavsumiy saqlash ishlari bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.
Ayni paytda joriy taʼmirlash ishlari tumanimizning “4P160”, yaʼni Urganch-Mangʻit-Turkmaniston Pespublikasi chegarasi yoʻlida amalga oshirilmoqda. Xorazm viloyatidan tumanimizga kirish qismidagi ushbu yoʻlning taʼmirtalab ahvolga kelib qolgani transport vositalari haydovchilariga katta muammo tugʻdirib kelayotgan edi.
Tuman Yoʻllardan foydalanish korxonasiga qarashli 2-sonli boʻlim tomonidan yoʻlning “PK-58” va “PK-62” qismlarida olib borilayotgan joriy taʼmirlash va mavsumiy saqlash ishlarida yoʻl xoʻjaligi texnikalaridan samarali foydalanilmoqda.

Texnikalarni boshqarishda avtogreyder haydovchisi Erkin Qoʻchqorov, yoʻlni mustahkamlovchi traktor haydovchisi Odil Xalillayev, suv tashish mashinasi haydovchisi Elmurod Shomurodov, tosh yetkazuvchi mashinalar haydovchilari Mansur Kamolov va Mansur Boltaboyevlar jonbozlik koʻrsatishmoqda. Undan tashqari yoʻl ishchilaridan Oʻrozali Bekatov, Shomurod Bobojonov, Murod Bahamdullayev, Eldor Vaisovlar ham ish unumini oshirishga hissa qoʻshmoqdalar.

Jadal surʼatlarda olib borilayotgan bu taʼmirlash ishlari tez orada yakunlanib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶