YaKKA TADBIRKOR 25 MLN.SOʻMLIK KREDIT HISOBIGA FAOLIYaTINI KENGAYTIRDI
Muhtaram Xoʻjaniyozova asli 2005-yildan beri tikuvchilik kasbi bilan shugʻullanib kelardi.Yillar davomida kasbiy mahorati osha borib, oʻziga ishonchi mustahkamlandi va 2017-yilda yakka tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtib, Mangʻit buyum bozori hududida ish boshladi.Uning tikkan kiyimlari mijozlarga maʼqul kelayotgani, oʻziga xos zamonaviy bichimlar asosida bejirim modalar yaratayotgani shu hunarga ixlos qoʻygan qizlarning eʼtiborini tortdi va ikki qizni shogirdlikka oldi. Biroq eski tikuv mashinalarida chevar barcha orzu – xayolidagi modalarni yarata olmayotganidan uning koʻngli toʻlmay yurardi.
Joriy yil boshida Muhtaram oʻz faoliyatini kengaytirish, zamonaviy tikuv mashinalari sotib olish uchun Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamoatchilik fondiga murojaat qildi va bir hafta ichidayoq unga “Xalq banki” tuman filiali tomonidan 25 mln. soʻmlik imtiyozli kredit ajratildi.
Ayni kunda Muhtaram Xoʻjaniyozova zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan 4 ta tikuv mashinasi sotib olib, kuch- gʻayrat bilan ishga kirishib ketdi. Shogirdlari soni esa olti nafarga yetdi. Endi ish qurolining sozligi ish unumini ham , sifatini ham taʼminlayapti.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶