“Yosh chegarachilar” musobaqasining tuman bosqichi oʻtkazildi


Yoshlar qalbida Vatanga muhabbat tuygʻularini yanada mustahkamlash, ularni chegara xizmatiga qiziqtirish va bosqichma-bosqich tayyorlab borish, chegara qoʻshinlarining shonli va jangovar anʼanalarining davomchilari etib tarbiyalash maqsadida oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida “Yosh chegarachilar” musobaqasi oʻtkazib kelinmoqda. Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi, tuman Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, tuman Xalq taʼlimi boʻlimi, tuman Tibbiyot birlashmasi hamda tuman Mudofaa boʻlimi, “9202”–harbiy qism hamkorligida tashkil qilinib kelinayotgan ushbu musobaqalarda yoshlar qizgʻin ishtirok etishmoqda.


26-mart kuni “Yosh chegarachilar” musobaqasining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi hamda unda umumtaʼlim maktablari va kasb-hunar kollejlaridan hududiy bosqichda qatnashib, gʻolib boʻlgan 8 ta jamoa ishtirok etdi. Jamoalardagi yoshlar oʻzini tanishtirish, safda toʻgʻri yurish, belgilangan masofaga yugurish, jangovar qurollarni qismlarga ajratish, yaralanganda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish kabi shartlar asosida epchilliklarini, abjirliklarini namoyish etdilar va ular hakamlar hayʼati tomonidan odilona baholab borildi. Qizgʻin oʻtgan musobaqada NDPI qoshidagi 3-sonli Amudaryo akademik litseyining "Amir Temur vorislari" jamoasi 1-oʻrinni, 6-sonli umumtaʼlim maktabining "Burgutlar" jamoasi 2-oʻrinni, Amudaryo maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejining "Samoviy burgutlar" jamoasi esa 3-oʻrinni yegallashdi.
“Yosh chegarachilar” musobaqasi yakunida gʻoliblar va faol ishtirok etganlar Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan tayyorlangan sovgʻalar, diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.



J.Davletov, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi qoshidagi
“Kamalak” bolalar tashkiloti raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶