Eʼtibor va ragʻbat – yanada yaxshi ishlashga undaydi
Mamlakatimizda muhtaram Prezidentimizning tashabbus va qarorlari bilan maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini rivojlantirishga qarati-layotgan eʼtibor kichkintoy bolajonlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Endilikda bolajonlarning maktabga tayyor oʻquvchi sifatida qabul qilinishi hamma ota-onalarni xursand qilmoqda.
Bugungi kunda barcha MTMlarda malakali tarbiya-chilar faoliyat koʻrsati-shayapti. Bu maskanlarda bolajonlarning ovqatla-nishiga, boshlangʻich taʼlim olishiga va ularning sa-lomatliklarini muhofaza qilishga alohida eʼtibor berilmoqda.
Ayni paytda bizning Na-zarxon ovulimizda jami 180 nafar bolajonlarni oʻz bagʻriga olgan 10-sonli MTM faoliyat koʻrsatmoqda. Bu maktabgacha taʼlim muas-sasasida 130 nafar bola umumiy guruhda, 50 nafar bola esa qisqa guruhlarda tarbiyalanadilar.
Bolajonlar tarbiyasiga 10 nafar oliy maʼlumotli tarbiyachilar va 10 nafar yordamchi tarbiyachilar, shuningdek, psixolog va bo-lalarning sogʻlom ovqat-lanishini nazorat qila-digan 2 nafar hamshira jalb qilingan.
Maktabgacha taʼlim muas-sasamizda bugungi kunda oliy maʼlumotli tarbiyachi-lardan Gulnora Nametova, Malika Allamberganova, oliy maʼlumotli psixolog Nabira Oʻrozimbetova va yordamchi tarbiyachilar Oy-gul Yaxshimova, Arzayim Davlatyarova va Ramuza Xudoyberganovalar oʻzlari-ning barcha kuch-gʻayrat va imkoniyatlarini bolajon-lar taʼlim-tarbiyasiga sa-farbar etmoqdalar.
Biz maktabgacha taʼlim muassasamiz faoliyatini bundan keyin ham yanada rivojlantirishga harakat qilamiz.
Aqmaral ATABAYeVA, 10-sonli MTM mudirasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶