Joʻqorgʻi Kenges deputati oʻzi taʼlim olgan maktabga va mahallasiga kitoblar sovgʻa qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha 2019-yil 19-martda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning biri yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish boʻyicha boʻldi. “Kitob sovgʻa qil!” aktsiyasi ayni kunlarda butun mamlakatimiz boʻylab keng quloch yoyib, bu aktsiyada har bir rahbar xodim va deputatlar faol ishtirok etmoqdalar.

Aktsiya doirasida 2-aprel – Xalqaro bolalar kitobi kunida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati, tuman hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova oʻzi taʼlim olgan va rahbarlik qilgan maktab oʻquvchilari bilan uchrashib, oʻquvchi-yoshlar bilan maʼnaviy-maʼrifiy mavzuda davra suhbati oʻtkazdi. M.Ahmedova 27-sonli maktab oʻquvchilariga hamda Arna boʻyi mahalla fuqarolar yigʻiniga 50 tadan ziyod kitoblar sovgʻa qildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶