"Sogʻlom oila-sogʻlom jamiyat" tadbiri oʻtkazildi.
Sogʻlom oila jamiyatning bosh boʻgʻini hisoblanadi. Xalqimizda oilaga kichik bir jamiyat sifatida qaralishi ham bejizga emas. Sababi oilada tinchlik-hotirjamlik hukm sursa jamiyatda ham osudalik boʻladi. Qolaversa, jamiyatga jamiyat uchun qaygʻuradigan, oʻzini uning bir boʻlagi sifatida deb qaraydigan yosh avlodning tarbiyasi ham, eng avvalo, oiladan boshlanadi. Shu munosabat bilan Amudaryo tumanida “Oila” ilmiy- amaliy tadqiqod markazi tuman boʻlimi tomonidan 30-sonli maktabda “Sogʻlom oila - sogʻlom jamiyat” mavzusida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda yosh oilalarning oʻzlari va farzandlari salomatligiga eʼtibor qaratish va oilada sogʻlom muhitni yaratish yuzasidan maslahatlar berildi va qanday qilib sogʻlom hayotni taʼminlash kerakligi va buning uchun nimalarga eʼtibor qaratish lozimligi haqidagi savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.
Tadbirdan soʻng markaz rahbari Gulshod Yusupova oʻzi tahsil olgan mazkur maktabga kitoblar sovgʻa qildi.
Shuningdek G.Yusupova oʻzi tarbiyalangan 7-sonli maktabgacha taʼlim muassasasiga ham sovgʻa tariqasida kitoblar topshirdi.


▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶