“AMIR TEMUR – FAXRIMIZ, GʻURURIMIZ”
Barlos ulusiga mansub, oʻz davrining maʼrifatparvari, ilm ahli gʻamxoʻri va homiysi boʻlgan Muhammad Taragʻay oʻgʻli Amir Temur ibn amir Taragʻay yoshligidan riyoziyot, falakiyot, meʼmorchilik va tarix ilmlarini chuqur oʻrgangan, jismoniy imkoniyati juda hayratlanarli darajada yuqori edi. U siyosat maydoniga kirib kelgan vaqtda Movarounnahr moʻgʻullar istibdodi ostida boʻlib, shahar-qishloqlar vayronaga aylangan, oddiy xalqning hayoti juda achinarli edi. Amir Temur Movarounnahrni ozod qilish uchun Moʻgʻuliston hukmdori Tugʻluq Temurxon va uning oʻgʻli Ilyosxoʻjaga qarshi kurashib, gʻalaba qozondi, ozod etilgan Movarounnahr taxtining sohibi boʻldi va Samarqandni poytaxt qilib belgiladi.
Amir Temur taxtga oʻtirgach, Chigʻatoy ulusining barcha yerlarida – Sirdaryoning quyi havzasidagi yerlarda, Toshkentda, Fargʻona vodiysida, Xorazmda oʻz hukmronligini oʻrnatdi. Shuningdek Eron, Iroq, Zakavkaze mamlakatlari, Hindiston, Oltin Oʻrda vaTurkiya bilan boʻlgan janglarda gʻolib chiqib, saltanat hududini sharqda Xitoy devoriga qadar, gʻarbda – Oʻrta yer dengiziga, janubda esa Hindiston chegaralariga qadar kengaytirdi, mayda feodal hukmronliklarga barham berib, siyosiy-iqtisodiy quvvatli, markazlashgan davlat tashkil etdi, oʻz hududida adolat oʻrnatdi.
Shu boisdan ham har yili buyuk bobokalonimiz tugʻilgan kun – 9-aprel butun mamlakatimizda keng nishonlanadi, xalqimiz oldidagi beqiyos xizmatlari tilga olinadi.
Mazkur sana tumanimiz umumtaʼlim maktablarida ham munosib nishonlanmoqda.
6-aprel kuni 16-sonli umumtaʼlim maktabida “Amir Temur – gʻururimiz, faxrimiz” deb nomlangan adabiy kecha boʻlib oʻtdi.
Kechada maktabning tarix fani oʻqituvchisi Maʼrifat Rajabova Amir Temur hayoti va faoliyati haqida maʼruza qildi. Oʻquvchilar bobokalonimizga bagʻishlangan sheʼrlar oʻqidilar, hayotiga doir sahna koʻrinishlari ijro etdilar. Tadbir oʻquvchilarning A.Temur hayotini yanada chuqur oʻrganishlariga xizmat qildi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶