Jamiyat
👁 561
Sanʼatkor, prodyuser Davlatbek Yoʻldoshev oʻzi oʻqigan maktab kutubxonasiga 15 ta sara badiiy asarlar taqdim etdi


Shu yilning 9-aprelida Mangʻit shahrida tugʻilib oʻsgan va 40-sonli maktabda taʼlim olgan sanʼatkor, prodyuser Davlatbek Yoʻldoshev oʻzi oʻqigan maktab kutubxonasiga 15 ta sara badiiy asarlar taqdim etdi.
Shunisi eʼtiborliki, maktab oʻquvchilari fanlar asoslarini puxta oʻzlashtirib, turli koʻrik-tanlovlar va fanlar olimpiadasida, Bilimlar bellashuvida yuqori oʻrinlarni egallab kelishayapti. Shuningdek, ijodkor oʻquvchilar ham talay.
Shu jihatdan qaraganda, maktabga sovgʻa qilingan kitoblar oʻquvchi-yoshlar uchun ajoyib sovgʻa boʻldi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar bu tuhfa uchun Davlatbek Yoʻldoshevga chuqur minnatdorchilik bildirdilar.
O.Pajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶