DARYoBOʻYI MAHALLASIDA “QIZLARJON” KLUBI AʼZOLARI UChUN SUHBAT OʻTKAZILDI

Yaqinda tumanimizdagi “Daryoboʻyi” mahalla fuqarolar yigʻini majlislar xonasida hududdagi 65-sonli umumtaʼlim maktabi “Qizlarjon” klubi aʼzolari uchun kiyinish va muomala madaniyatini shakllantirish, odob-axloq qoidalarini singdirish, oila va jamiyatda oʻz oʻrnini topishi uchun koʻnikma va maʼnaviy yetukligini taʼminlashga koʻmaklashish maqsadida suhbat oʻtkazildi. Tadbirda psixolog oʻqituvchi Dilnoza Shomurodova, mahalla fuqarolar yigʻini mutaxassisi Guljamila Qurbonboyeva, shuningdek, Barno Tilovboyevalar kun tartibidagi mavzu yuzasidan maʼruzalar qildilar.
Maʼruzalar yuzasidan “Qizlarjon” klubi aʼzolari oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi. Jonli muloqot tarzida qiziqarli oʻtgan tadbirda oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan koʻpgina savollarga javoblar oldilar.
O.Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶